O`QUV-USLUBIY BOSHQARMA
Bo'lim boshlig'i
Ro'ziqulov Raxmatullo Fayzullayevich
O‘quv-uslubiy boshqarmada quyidagi xodimlar ishlaydi.
SH.Umarova O‘quv ishlari bo‘yicha uslubchi
M.YUsupova O‘quv ishlari bo‘yicha uslubchi
M.Suleymanova O‘quv ishlari bo‘yicha inspektor
S.Qazaqova O‘quv ishlari bo‘yicha dispetcher
B.Qulmanov O‘quv ishlari bo‘yicha dispetcher
Z.Mahammadiev O‘quv ishlari bo‘yicha dispetcher
U.Dustqulov O‘quv ishlari bo‘yicha dispetcher
F.SHerqulova O‘quv ishlari bo‘yicha dispetcher
F.Oltiboeva O‘quv ishlari bo‘yicha dispetcher
M.Baxtiyorova O‘quv ishlari bo‘yicha dispetcher
O‘quv-uslubiy boshqarma institutning asosiy tarkibi bo‘lib, o‘quv jarayonini tashkil etish, o‘quv-pedagogik, tashkiliy-uslubiy ishlarni rejalashtirish va ularni bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Institutda 19 ta ta’lim yo‘nalishlarida bakalavrlar va 14 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.
2018-2019 o‘quv yili uchun 21 ta ta’lim yo‘nalishlari va 13 ta magistratura mutaxassisliklariga qabul tashkil etildi.
Institutdagi 5 ta o‘quv binoning 180 ta auditoriyasi, 29 ta o‘quv laboratoriyasi, 13 ta kompyutrlar sinfi, 1 ta issiqxona, 1 ta vivariy, 2 ta o‘quv muzeyi, 1 ta o‘quv dala uchastkasi (20 sotix), 45 gektarli o‘quv tajriba xo‘jaligi, 190 o‘rinli ARM talabalar uchun xizmat qilmoqda.
O‘quv jarayonini huquqiy-me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash mazkur bo‘limning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Institutimiz “Veterinariya”, “Zootexniya”, “Kasb talimi (veterinariya va zootexniya)” ta’lim yo‘nalishlari va ular negizidagi ta’lim mutaxasisliklari bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi bo‘lganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli hamda 2018 yil 8 maydagi “Samarqand veterinariya meditsinasi institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3703-sonli qarorining 2-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan “YO‘L XARITASI”ning 2-qism 5-,6-bandlarida belgilangan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash maqsadida institutimiz professor-o‘qituvchilari tomonidan kadrlar buyurtmachilari talablari va xorijiy tajribalar asosida “440 000 - Veterinariya” ta’lim sohasining DTS, quyidagi 21 ta ta’lim yo‘nalishlari va 13 ta magisratura mutaxasisliklarining yangi takomillashtirilgan Malaka talablari va namunaviy o‘quv rejalari ishlab chiqildi:
№ |
shifr |
Ta’lim yo‘nalishlari |
1 |
5440100 |
Veterinariya meditsinasi (faoliyat turlari bo‘yicha) |
2 |
5440101 |
Veterinariya meditsinasi (yirik shoxli mollar kasalliklari) |
3 |
5440102 |
Veterinariya meditsinasi (mayda shoxli mollar kasalliklari) |
4 |
5440103 |
Veterinariya meditsinasi (yilqi va tuya kasalliklari) |
5 |
5440104 |
Veterinariya meditsinasi (kinologiya va it kasalliklari) |
6 |
5440105 |
Veterinariya meditsinasi (parranda kasalliklari) |
7 |
5440106 |
Veterinariya meditsinasi (baliq kasalliklari) |
8 |
5440107 |
Veterinariya meditsinasi (asalari kasalliklari) |
9 |
5440200 |
Veterinariya farmatsevtikasi |
10 |
5440300 |
Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari |
11 |
5440400 |
Veterinariya sanitariya ekspertizasi |
12 |
5410600 |
Zooinjeneriya (turlari bo‘yicha) |
13 |
5410601 |
Zooinjeneriya (qoramolchilik) |
14 |
5410602 |
Zooinjeneriya (qo‘ychilik-echkichilik) |
15 |
5410603 |
Zooinjeneriya (qorako‘lchilik) |
16 |
5410604 |
Zooinjeneriya (yilqichilik va tuyachilik) |
17 |
5410605 |
Zooinjeneriya (parrandachilik) |
18 |
5410606 |
Zooinjeneriya (asalarichilik) |
19 |
5410607 |
Zooinjeneriya (baliqchilik) |
20 |
5411400 |
CHorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi |
21 |
5320500 |
Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha) |
№ |
shifr |
Ta’lim mutaxassisliklari |
1 |
5A440104 |
Veterinariya akusherligi va hayvonlarning ko‘paytirish biotexnikasi |
2 |
5A440106 |
Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi |
3 |
5A440109 |
Kinologiya va it kasalliklari |
4 |
5A440110 |
Trening va ot kasalliklari |
5 |
5A440111 |
Hayvonlar fiziologiyasi va biokimyosi |
6 |
5A440112 |
Baliq kasalliklari |
7 |
5A440113 |
Asalari kasalliklari |
8 |
5A440114 |
Parranda kasalliklari |
9 |
5A410602 |
Qorako‘l qo‘ylar seleksiyasi |
10 |
5A410607 |
Zoopsixologiya va naslchilik |
11 |
5A410608 |
Zoo-genetik-injiniring |
12 |
5A410609 |
Seleksiya va bio-nanotexnologiyalar |
13 |
5A411401 |
CHorvachilik mahsulotlarini etishtirish, saqlash va qayta ishlashning an’anaviy hamda innovatsion texnologiyasi va sertifikatsiyasi |
Ishlab chiqilgan barcha Malaka talabalari va o‘quv rejalari 2018 yil 25-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishildi va institut rektori tomonidan tasdiqlandi. Ular institut va turdosh OTMlarida o‘quv jarayoniga joriy etildi.
2018-2019 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining:
- 1-bosqich bakalavrlar va magistrlar 2018 yil 25-avgustdagi;
- 2-bosqich bakalavrlar 2017 yil 24-avgustdagi 603-sonli va 2- bosqich magistrlar esa 2016 yil 16-apreldagi 137-sonli buyruqlari;
- 3-bosqich bakalavrlar 2016 yil 16-apreldagi 137-sonli buyrug‘i;
- 4-bosqich bakalavrlar esa 2015 yil 21 avgustdagi 303-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan malaka talablari va o‘quv rejalari asosida talim olishadi. Ana shu malaka talablari va o‘quv rejalariga binoan o‘quv jarayoni grafiklari, ishchi o‘quv rejalar, malakaviy amaliyotlar rejasi ishlab chiqilgan. O‘quv jarayoni grafiklariga dars jadvalini muvofiqligi ta’minlanadi.
Institut miqyosida o‘qitiladigan 340 ta fanlarning o‘quv dasturi, ular asosida ishlab chiqilgan ishchi dasturlar, fanlarning o‘quv-uslubiy majmualari tayyorlanib, institut axbrot-resurs markazining maxsus javonlariga qog‘oz va elektron variantlari (kompakt disk)da qo‘yilgan.
O‘quv-uslubiy majmualar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tavsiyasiga ko‘ra 4 ta tarkibli qilib tayyorlangan va ular ARMning kompyuter sinflari dasturiga gipermurojatli holda joylashtirilgan.
Institutda 6 ta fakultet va 23 ta kafedralararo o‘quv jarayonida xatlar almashinuvi lokal tarmoq asosida olib boriladi.
Institutda professor-o‘qituvchilarning 1540 soatlik o‘quv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma’naviy-ahloqiy va tarbiyaviy ishlarining hajmi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2015 yil 9–sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasasi professor - o‘qituvchilarining o‘quv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma’naviy-ahloqiy va tarbiyaviy ishlar yuklamasini aniqlash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 5–2015-sonli buyrug‘ining “Vaqt me’yorlari” asosida aniqlanib, o‘quv yili davomida bajarilishi ta’minlanadi.
Institutda 5150 dan ortiq bakalavrlar va 114 nafar magistrlarga 520 dan ortiq professor-o‘qituvchilar (shulardan 480 dan ortig‘i asosiy shtat), 20 nafar fan doktorlari professorlar, 12 nafar fan doktorlari dotsentlar, 74 nafar fan nomzodlari dotsentlar, 15 nafar fan nomzodlari katta o‘qituvchilar, 13 nafar fan nomzodlari assistentlar, 348 nafar ilmiy darajasiz katta o‘qituvchilar va assistentlar talabalarga tahsil berishadi.