YANGILIKLAR

Davlat stipendiyalariga talabgorlar uchun tanlov bo'lib o'tdi.

Samarqand veterinariya meditsinasi institutida institut rektorining 2019 yil 1 iyuldagi 593-sonli buyrug’iga asosan shu yilning 16-17 iyul kunlari 2019-2020 o’quv yili uchun bakalavriat yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi davlat Prezidenti stipendiyasiga, bakalavriat yo’nalishlari bo’yicha esa nomli (Beruniy, Navoiy, Islom Karimov) davlat stipendiyalariga tanlovning birinchi bosqichi o’tkazildi. Batafsil


Qabul-2019 SamVMI.Qaysi olimpiada fanlari va tanlovlar g'oliblari SamVMIga sinovlarsiz (davlat granti) qabul qilinadi?

O'zbekiston respublikasi ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish bo'yicha Davlat komissiyasi majlisining 2019 yil 4 iyuldagi 1-son bayoni bilan Olimpiada fani va tanlovlar bilan oliy ta'lim yo'nalishlari o'rtasida kasbiy muvofiqlik tasdiqlandi. Batafsil


Qabul-2019 SamVMI. Institutga qancha harbiy tavsiyanomaga ega abiturientlar ro'yxatdan o'tdi?

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti qabul komissiyasining xabar berishicha, shu kunga qadar jami 20 nafar harbiy tavsiyanomaga ega abiturientlar ro'yxatdan o'tishgan. Batafsil


Qabul-2019 SamVMI. Institut ta'lim yo'nalishlariga qancha harbiy xizmatchilarning farzandlari ro'yxatdan o'tdi va ularga qanday imtiyozlar bor?

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti qabul komissiyasining xabar berishicha, shu kunga qadar jami 2 nafar qurolli kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, shartnoma bo‘yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibi farzandlari institutning ta'lim yo'nalishlariga ro'yxatdan o'tgan. Batafsil


Institutda qabul jarayonlari qanday o'tmoqda?

Samarqand veterinariya meditsinasi institutiga 2019-2020 o'quv yilida bakalavr bosqichining kunduzgi ta'lim yo'nalishlariga jami 820 ta (266 ta grant, 554 ta kontrakt), sirtqi ta'lim yo'nalishlariga esa 330 ta (barchasi kontrakt) kvota ajratilgan. Batafsil