E'lonlar

SAMVMI AKADEMIK LISEYIDA OLIMPIADA G’OLIBLARI TAQDIRLANDI

SAMVMI AKADEMIK LISEYIDA OLIMPIADA G’OLIBLARI TAQDIRLANDI

SAMVMI AKADEMIK LISEYIDA OLIMPIADA G’OLIBLARI TAQDIRLANDI

Samarqand Veterinariya medisinasi instituti qoshidagi akademik liseyda “Nurli kelajak sari biz bilan birga” shiori ostida akademik liseylar, kasb-hunar muassasalari va umumta’lim maktablari o’quvchilari o’rtasida o’tkazilgan fanlar olimpiadasining viloyat bosqichi g’oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Marosimda g’olib o’quvchilarning ota – onalari, lisey jamoasi va o’quvchilari, shuningdek, institut rahbariyati ishtirok etishdi. 

Akademik liseyda o’quvchilar ayni kunda 5 ta yo’nalish bo’yicha (Biologiya va kimyo, Fizika va matematika, matematika va horijiy til, tarix va ijtimoiy gumanitar fanlar) tahsil olishmoqda. liseyda o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida  23 ta fan to’garaklari faoliyati samarali tashkil etilgan. Ma’lumot o’rnida aytish lozimki,  akademik liseyni 2019-2020 o’quv yilida 251 nafar o’quvchi bitirgan bo’lsa, ularning 175 nafari, ya’ni 70.1 % oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilingan.   Hozirda 1 va 2 kurslarda  jami 730 nafar yoshlar ta’lim-tarbiya olishadi. 

2019 o’quv yilida akademik liseylar, kasb-hunar maktablari va umumiy o’rta ta’lim muassasalari o’quvchilari o’rtasida o’tkazilgan fanlar olimpiadasining Respublika bosqichida  mazkur lisey o’quvchisi I.Voxidov kimyo fanidan fahrli 1-o’rinni qo’lga kiritgan va imtiyoz asosida Toshkent formasevtika institutiga o’qishga qabul qilingandi. Joriy yilgi fanlar olimpiadasida ham lisey o’quvchilari faollik ko’rsatishdi va viloyat bosqichi g’olibligini qo’lga kiritdilar.  Jumladan, S.Eshmamatov matematika fanidan, 2 – o’rinni, D.Toshmamatova ona tili va adabiyoti fanidan 3 – o’rinni, Z.Bobojonova kimyo fanidan 1 – o’rinni,  A.Safarboyev kimyo fanidan 2 – o’rinni, E.To’raqulov biologiya fanidan 1 – o’rinni va  Z.Nasimovlar  fizika fanidan 2 – o’rinni qo’lga kiritdi. 

 

Taqdirlash marosimidan oldin mehmonlar uchun lisey bo’ylab sayohat uyushtirildi. Samarqand Veterinariya medisinasi instituti rektori, professor X.Yunusov lisey laboratoriyalari va fan kabinetlarida dars jarayonlarida ishtirok etayotgan o’quvchi yoshlar bilan suhbatlashdi va ularning fikrlari va mulohazalari bilan tanishdi, shuningdek rektor bolalarning kimyo va biologiya fanlaridan bilimlarini sinab ko’rish maqsadida savollar bilan  murojaat qildi. Aniq fanlarni, fizika, kimyo, biologiya va matematika yoki horijiy tillarni o’zlashtirish insonga nima berishi va qanday imkoniyatlarni taqdim etishi mumkinligi xususidagi rektorning mulohazalari o’quvchilar va ularning ota-onalari uchun qiziqarli bo’ldi.

Marosimda olimpiada g’oliblari va ularning ota-onalariga, shuningdek, yoshlarga ta’lim-tarbiya berayotgan o’qituvchi va murabbiylarga  “Fahriy yorliq” va   “Tashakkurnoma”lar,  shuningdek  esdalik sovg’alari taqdim etildi.

Gulchehra Berdiyorova

 SamVMI Axborot xizmati