E'lonlar

VATAN HIMOYASI – MUQADDAS BURCHDIR!

VATAN HIMOYASI – MUQADDAS BURCHDIR!

VATAN HIMOYASI – MUQADDAS BURCHDIR!

Inson yoshi ulg’aygan sari tinchlik, hotirjamlikning qadrini tobora teranroq anglab boraverarkan. Tinch va osuda hayot ko’p millatlarning asosiy orzusi bo’lib borayotgan bugungi kunda bu yana ham ahamiyatlidir. Negaki, tinchlik hukm surgan yurtlarda taraqqiyot va yuksalish bo’ladi.  Tinchligimiz posboni, Milliy Armiyamiz - O’zbekiston qurolli kuchlari tashkil topgan kun shu bois ham halqimizning katta shodiyonalaridan biriga aylanib ulgurdi. O’tayotgan davr mobaynida Qurolli kuchlarimizning nufuzi, mamlakatimizning harbiy salohiyati yuksalib, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar o’zining ijobiy samarasini bermoqda. Bugun yurtimizdagi har bir xonadonning o’g’il farzandlari Milliy Armiya saflarida xizmat qilishni istaydi. Armiya er yigitlarni asl o’g’lonlar sifatida tarbiyalab, chiniqtirib, jismoniy va  ma’naviy kamolotga yetkazadigan maskan sifatida e’tirof etilmoqda. Har bir yurtning himoya qo’rg’oni, suyanch tog’i bo’lgan bu tizimda ayni kunda mard o’g’lonlarimiz, jasur yigit – qizlarimiz xizmat qilishmoqda. Ona Vatan tinchligini asrash aslida har bir fuqaroning muqaddas burchi bo’lsada, eng zalvorli yuk baribir harbiylarimiz zimmasiga tushadi. Demak, har bir o’g’il farzand avvalo yurt himoyachisi, Vatan posboni hamdir. O’zbekistonimizni sevgan, unga xizmat qilgan va uning yorqin kelajagi yo’lida mehnat qilayotgan barcha yurtparvar kishilarni, yoshlarni 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etaman! Vatan tuyg’usi va unga sodiqlik sizni hyech qachon tark etmasin! Yurtimiz hamisha tinch, osmonimiz musaffo bo’lsin! Xonadoningizga fayzu baraka va salomatlik tilayman! 

Hurmat bilan    Xudaynazar Yunusov 
Biologiya fanlari doktori, professor
SamVMI rektori