Xabar-E'lonlar

image description

E`lon

Kamida ikki yillik tajribaga ega bo'limlar xodimlari uchun "Chevening" bir yillik magistratura dasturi bo'yicha o'qish uchun stipendiyalar xalqaro tanlovining boshlanganligi haqida xabar beramiz.

         Ushbu dastur bo'yicha barcha xarajatlarni Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi o'z zimmasiga oladi.

Shu munosabat bilan Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi ushbu dasturning brifingini o'tkazmoqda.

Brifing 2019 yil 5 oktyabr soat 11:00 da Toshkent shahridagi Wyndham Tashkent mehmonxonasining "Silk Road A" konferents-zalida bo'lib o'tadi.

Ushbu tadbir to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun dastur koordinatori U. Abdurahimova bilan bog'lanish munkin: +99878 120-15-11 yoki veb-sahifadan.

Taqdimotda ishtirok etish uchun https://bit.ly/2max61E manzilida ro'yxatdan o'tishingiz kerak

 

Xalqaro hamkorlik bo`limi

Foydali saytlar

Veterinariya sohasining rivojlanishiga o'z hissalarini qo'shib kelayotgan hamkorlarimiz