E'lonlar

BELARUS RESPUBLIKASI BOSH VAZIRI O’RINBOSARI SAMVMIDA

BELARUS RESPUBLIKASI BOSH VAZIRI O’RINBOSARI SAMVMIDA

BELARUS RESPUBLIKASI BOSH VAZIRI O’RINBOSARI SAMVMIDA

Joriy yilning 3 mart kuni Belarus Respublikasi Xukumat delegasiyasi a’zolari - Ta’lim vaziri Igor Karpenko va bir guruh rektorlar  O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligida kutib olingan edi. 

 

O’zbekiston va Belarus o’rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo’yicha Hukumatlararo qo’shma komissiyaning navbatdagi yig’ilishi munosabati bilan yurtimizda mehmonda bo’lgan delegasiya rahbari Belorus Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari A.M.Subbotin boshliq xukumat a’zolari bugun Samarqandga tashrifi doirasida Samarqand Veterinariya medisinasi institutiga tashrif buyurdi. 

 

Martabali mehmonni SamVMI rektori Xudaynazar Yunusov va boshqa mutasaddilar kutib olishdi.

Markaziy Osiyodagi yagona – veterinariya mutaxassislari tayyorlaydigan Samarqand Veterinariya medisinasi instituti faoliyati va uning Belorus respublikasidagi OTMlari (Vitebsk Veterinariya medisinasi Akademiyasi, Grodno qishloq xo’jalik Universiteti) bilan hamkorliklari va uning istiqbollari haqidagi muloqotdan so’ng, mehmonlar qo’shma fakultet talabalari va institut professor o’qituvchilari bilan uchrashdi. Shuningdek, institutning yangidan qad rostlagan  Bosh binosi va u yerda faoliyat olib borayotgan zamonaviy laboratoriyalarni ko’zdan kechirishdi.

 

Fahriy mehmonlarga O’zbekistonning, qadimiy Samarqandning ramzlari bo’lgan esdalik sovg’alari topshirildi.

 “Belarus Respublikasi Ta’lim vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’rtasidagi Bitimni amalga oshirish bo’yicha 2021-2025 yillarga mo’ljallangan qo’shma tadbirlar rejasi” imzolanishi munosabati bilan, endilikda bu mamlakat bilan ta’lim sohasida hamkorlik aloqalari yanada kengaytiriladi.

 

SamVMI Axborot xizmati