E'lonlar

Bahor bayrami katta shukuh va tantana bilan kutib olindi

Bahor bayrami katta shukuh va tantana bilan kutib olindi

Bahor bayrami katta shukuh va tantana bilan kutib olindi

Bahor yangilanish va yasharish fasli. Bahor so’zini eshitganda inson ongiga o’zgacha iliqlik, mayin quyosh va bayramlar keladi. 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni" yurtimizda keng nishonlanmoqda. Bugun Samarqand Veterinariya medisinasi institutida ushbu bayram katta shukuh va tantana bilan kutib olindi. Har yilgiday institutning barcha fakultetlari ishtirokida "Qizlar davrasi" nomli bellashuv bo’lib o’tdi. Tadbirda latofatli va lobar qizlarimiz to’rtta shart bo’yicha bellashishdi.

Biotexnologiya, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi fakulteti nomidan 304-guruh talabasi Hasanova Nilufar va boshqa qizlar ishtirok etishdi. Milliy ruh va bayramona shukuh yo’g’rilgan bir-biridan chiroyli raqs va sahna asarlari bilan yig’ilgan mehmonlarning olqishiga sazovor bo’lishdi.

Tadbir so’ngida Biotexnologiya, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi fakulteti talabasi N.Hasanova eng oliy o’rin ya’ni "Institut malikasi" nomiga sazovor bo’ldi.

Biotexnologiya, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi fakulteti matbuot xizmati
Feruzabonu Mustofoqulova