E'lonlar

ZOOINJENERIYA FAKULTETIDA 5-TA MUHIM TASHABBUS DOIRASIDA “QIZLAR DAVRASI” KO’RIK TANLOVINING FAKULTET BOSQICHI O’TKAZILDI

ZOOINJENERIYA FAKULTETIDA 5-TA MUHIM TASHABBUS DOIRASIDA “QIZLAR DAVRASI” KO’RIK TANLOVINING FAKULTET BOSQICHI O’TKAZILDI

ZOOINJENERIYA FAKULTETIDA 5-TA MUHIM TASHABBUS DOIRASIDA “QIZLAR DAVRASI” KO’RIK TANLOVINING FAKULTET BOSQICHI O’TKAZILDI

Zooinjeneriya fakultetida Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularni bo‘sh vaqtini yanada mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5-ta muhim tashabbus ijrosi bo‘yicha bir qator ishlarni amalga oshirilib kelinmoqda. 
Xususan 25.02.2021 yilda ana shunday ishlarning mantiqiy davomi sifatida Beshinchi tashabbus – xotin-qizlarni ish bilan ta‘minlash masalalari yo‘nalishi doirasida fakultet talabalari o‘rtasida "Beshinchi tashabbus yulduzlari" loyihasi doirasida  “Qizlar davrasi” ko’rik tanlovining Zooinjeneriya fakulteti bosqichi o’tkazildi.
Tanlovni ochib berish uchun so’zga chiqqan fakultet dekani, dotsent  E.Shaptakov fakultet birinchiligi uchun bellashayotgan talaba qizlarimizni bo‘lajak oila bekasi ekanligini va qizlar o‘rganishi lozim bo‘lgan barcha hunarlarni yaxshi o‘zlashtirishlari kerakligini aytib o‘tdi. Bu kelgusida ularga oila qurganda juda muhim ekanligini alohida takidladi. Bu esa o‘z navbatida milliy qadriyatlarimizdan biri ekanligini aytib so‘zini yakunladi va ishtirokchilarga omad tiladi.  
Shundan so’ng bellashuvning asosiy qismi boshlanib, “Qizlar davrasi” ko’rik tanlovining fakultet kurslari bosqichida birinchilikni qo’lga kiritgan 4 ta kursdan jami 5 nafar orasta qizlarimiz jamoasi o’z iqtidorlarini namoyish qilishib fakultet birinchiligi uchun kurashishdi. 
Tanlov ishtirokchilari 4 ta shart bo‘yicha o‘zlarining nechog‘lik notiq, pazanda, tikuvchi, to‘quvchi va ijodkor ekanligini namoyish etishdi. Tengdoshlari bilan sog‘lom raqobatga kirishishdi va tajriba orttirishdi. 
“Qizlar davrasi” ko’rik tanlovining fakultet bosqichi ishtirokchilarning har bir shart bo’yicha chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan baholanib borildi. Yakuniy natijalarga ko’ra quyidagi ishtirokchilar nominatsiyalar bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritishdi:
-“Eng bilimdon qiz”  nominatsiyasi bo’yicha g’olib:
Aminova Maftuna Zokir qizi – Zooinjeneriya fakulteti 1 kurs 102 guruh 
-“Eng mahoratli qiz” nominatsiyasi bo’yicha g’olib:
Ne’matova Shahodat Olim qizi – Zooinjeneriya fakulteti 1 kurs 108 guruh
-“Eng oqila qiz” nominatsiyasi bo’yicha g’olib:
Babajanova Hulkar Umidbek qizi – Zooinjeneriya fakulteti 2 kurs 201 guruh
-“Eng nazokatli qiz” nominatsiyasi bo’yicha g’olib:
Olimboyeva Yulduzxon Zokirjon qizi  – Zooinjeneriya fakulteti 4 kurs 406 guruh
-“Eng ozoda qiz” nominatsiyasi bo’yicha g’olib:
Sadilloyeva Dildora Fayzulloyevna – Zooinjeneriya fakulteti 2 kurs 206 guruh
Ma’lumot uchun, har yili mart oyining birinchi o’n kunligida “Qizlar davrasi” ko’rik tanlovining an’anaviy institut birinchiligi o’tkazilib, ushbu tanlovda fakultetlar bosqichlarida  birinchilikni qo’lga kiritgan eng iqtidorli talaba-qizlar ishtirok etishadi.

Faxriddin XOMIDOV,
Zooinjeneriya fakulteti matbuot kotibi