Xabar-Institut yangiliklari

image description

Talabalik muborak! Samarqand veterinariya meditsinasi institutida tanishuv darslari boshlandi.

Bugun Samarqand veterinariya meditsinasi institutiga Jizzax, Surxandaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlaridan

-5440200- Veterinariya farmasevtikasi,

-5440100- Veterinariya meditsinasi (faoliyat turlari bo‘yicha) 

-5440300- Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari,

-5440400- Veterinariya sanitariya ekspertizasi

kunduzgi ta’lim yo‘nalishlariga, barcha sirtqi ta’lim yo‘nalishlariga va qo‘shma fakultetga o‘qishga qabul qilinganlar uchun tanishuv darslari boshlandi. 

Ushbu tanishuv darslarni tashkil etish uchun Oliy va o’rta maxsus taʼlim vazirining joriy 5-oktabrda imzolagan 517-sonli «Oliy taʼlim muassasalari 1-kurs talabalariga oʻquv jarayoni bilan tanishtiruv hafaligini tashkil etish toʻgʻrisida»gi buyrugʻi qabul qilingan.Tanishuv darslari barcha karantin qoidalariga qioya etilgan holda tashkil etildi. Binolarga kirishda har bir talabaning tana harorati o'lchanib, antiseptik vositalar bilan dezinfeksiya qilindi. Paralar orasida talabalarga 10 daqiqalik tanaffus berildi. Talabalarga bir kunda ikki va undan ortiq auditoriyalarga koʻchib yurishlariga yoʻl qoʻyilmadi. 

Tanishuv darslarida 1-kurs talabalari institut rahbariyati, fakultetlar, fafedralar, dars beradigan oʻqituvchi va professorlar bilan tanishtirildi.Shuningdek kerakli darsliklar va adabiyotlar haqida maʼlumot berildi.3 kun davomida bo’lib o’tadigan tanishuv darslari orqali 1-kurs talabalariga masofaviy (onlayn) taʼlim olish koʻnikmasi shakllantiriladi.

Eslatib o’tamiz, Samarqand veterinariya meditsinasi institutining

-5320500 - Biotexnologiya (Tarmoqlar bo‘yicha), 

-5410200 - Agronomiya (em-xashak ekinlari),

-5411300 - O‘simlikshunoslik (yaylov-cho‘l o‘simlikshunosligi),

-5411400 - Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi.

-5410600 - Zooinjeneriya (turlari bo‘yicha)

-5311000 - Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (qishloq xo‘jaligida), 

-5230100- Iqtisodiyot (qishloq xo‘jaligida), 

-5230900- Buxgalteriya hisobi va audit (qishloq xo‘jaligida) kunduzgi ta’lim yo’nalishlariga Jizzax, Surxandaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlaridan o‘qishga qabul qilinganlar uchun 15-16-17-oktyabr kunlari tanishuv darslari bo’lib o’tadi.

Shaxzod Axmedov

Foydali saytlar

Veterinariya sohasining rivojlanishiga o'z hissalarini qo'shib kelayotgan hamkorlarimiz