Xabar-Institut yangiliklari

image description

Dunyo tan olgan olimning tavallud topgan kuni

Izbasarov Ungar Kaxorovich 1936 yil Jizzax viloyati Forish tumanida tavallud topgan.

Yoshligidan ilimga chanqoqligi tufayli Ungar Kaxorovich sobiq Samarqand qishloq xoʻjalik institutiga oʻqishga kirib oliygohni imtiyozli diplom bilan tugatadi.

Uzoq va mazmunli ish faoliyati davomida Ungar Kaxorovich Butunittifoq qorakoʻlchilik ilmiy-tadqiqot institutida izlanuvchi,

Butunittifoq qorakoʻlchilik ilmiy-tadqiqot instituti aspiranti

Samarqand qishloq xoʻjalik instituti zoogigiyena kafedrasi assistenti

Samarqand qishloq xoʻjalik instituti zoogigiyena kafedrasi dotsenti

Samarqand qishloq xoʻjalik instituti zoogigiyena kafedrasi mudiri,

Samarqand qishloq xoʻjalik instituti yaylov chorvachiligi va hayvonlarni oziqlantirish texnologiyasi kafedrasi professori

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Veterinariya sanitariya ekspertizasi va gigiyena kafedrasi professori lavozimlarida faoliyat yuritib talabalarga zoogigiyena fanidan dars berib kelmoqda.

Bugungi kungacha Ungar Kaxorovichning 300 dan ortiq ilmiy maqolalari, 2 ta darslik, 5 ta qullanma, 5 ta tafsiyanoma, 2 ta grant loyxasi amaliyotga tasdiq etilib mutaxassislarga dasturul amal bo’lib kelmoqda.

Izlanishlari munosib ko’rilgan Ungar Kaxorovich Rokfeller va xalqaro Yunesko tashkilotining akademigi va lauriyati sifatida tan olinib YUNESKOning faxriy diplomi bilan taqdirlangan.

Ushbu kun munosabati bilan ustozni Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti raxbariyati qizg‘in qutlab qoladi ustozga uzoq umir sixat salomatlik hamisha hamroh bo’lsin.

Foydali saytlar

Veterinariya sohasining rivojlanishiga o'z hissalarini qo'shib kelayotgan hamkorlarimiz