Xabar-Institut yangiliklari

image description

Magistrlik tajribalarining natijalari

"Parranda, baliq, asalari va mo'ynali hayvonlar kasalliklari" kafedrasi qoshida faoliyat yuritayotgan "Yosh veterinar" itqidorli talabalar ilmiy to'garagining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilish kafedra assistenti U.T.Qarshiyev tomonidan olib borildi.

To'garakning bu galgi yig'ilishida kafedrada ilmiy faoliyat olib borayotgan II bosqich magistrlar o'z dissertatsiya mavzulari yuzasidan o'tkazilgan tajribalari natijasi bo'yicha chiqish qilishdi.

Birinchi ma'ruzani 5A440113-Asalari kasalliklari mutaxassisligi magistri Meyliyev Salohiddin v.f.d. S.B.Eshburiyev ilmiy rahbarligi ostida "Asalarilar mahsuldorligiga Vitapis preparatining ta'siri" mavzusida va yana v.f.d. S.B.Eshburiyev ilmiy rahbarligida 5A440112-Baliq kasalliklari mutaxassisligi magistri Sulaymonova Nafisa "Baliqlarning pestitsidlar bilan zaharlanishida klinik belgilar va patalogoanotomik o'zgarishlari" mavzusida o'tkazishdi.

 

Foydali saytlar

Veterinariya sohasining rivojlanishiga o'z hissalarini qo'shib kelayotgan hamkorlarimiz