Xabar-Institut yangiliklari

image description

"Xalaqaro talabalar kuni" munosabati bilan "Zakovat" intellektual bellashuvi

Institut boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan "Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan 2-son TTJda Zakovat intellektual bellashuvi tashkil etildi. Ushbu bellashuvda Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti va Biotexnologiya, chorvachilik maxsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi fakulteti qizlar jamoasi bellashishdi. Ushbu bellashuvda institut boshlang'ich tashkiloti yetakchisi Norjigitov Raximjon, Biotexnologiya, chorvachilik maxsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi fakulteti yetakchisi Saidxonov Toyirxon, Veterinariya profilaktikasi va davolsh fakulteti yetakchisi Xakimov Shorasullar ishtirok etishdi. Bellashuvda Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti qizlari g'olib bo'ldi. Ishtirokchilarga institut boshlang'ich tashkiloti tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi.

Foydali saytlar

Veterinariya sohasining rivojlanishiga o'z hissalarini qo'shib kelayotgan hamkorlarimiz