Xabar-Institut yangiliklari

image description

SAMARALI HAMKORLIK DAVOM ETMOQDA

Samarqand  Veterinariya  medisinasi  instituti  Ishlab  chiqarish  korxonalari,  xo’jaliklar  va  ilmiy  tadqiqot  institutlari  bilan  o’zaro   manfaatli  hamkorlik  aloqalarini yo’lga qo’ygan. Hamkorlik   doirasida  ta’lim muassasasining bir guruh professor - o’qituvchilari hamda talabalari   Oqdaryo  tumanida   joylashgan   “Farovon-Grand invest” MChJ ga qarashli qoramolchilik xo’jaligida  bo’ldilar.  
2014 yildan  faoliyat boshlagan MChJ xo’jaliklarida  zotdor, naslli  qoramollar  boqiladi.  Asosan,   sutchilikka  ixtisoslashtirilgan  bu ho’jalikda  “Golshteyn-friz” va   “Simmetal”  zotli  qoramollardan sut olinadi  v a xomashyo  “Agro-Bravo”  MChJ   tomonidan  tayyor mahsulotlar   sifatida  ishlab  chiqariladi.
Professor - o’qituvchilar  xo’jalikdagi  qoramollarni  tekshiruvdan  o’tkazdilar.  Ularni  oziqlantirish,  parvarishlash  borasida  muhim  ko’rsatma va maslahatlar   berildi.
Xo’jalikka  amaliy yordam  ko’rsatish  maqsadida  og’ir kasallikka  chalingan  qoramollar   institut  vivariyasiga (O’quv-tajriba klinikasi)  olib kelindi.

 

 

Foydali saytlar

Veterinariya sohasining rivojlanishiga o'z hissalarini qo'shib kelayotgan hamkorlarimiz