Xabar-Institut yangiliklari

image description

SPORT-SOG'LIK VA DO'STLIK POYDEVORI

2019-yilning 24-oktabr sanasida Samaraqand veterinariya meditsinasi institutining Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteteti MMIB dekan o'rinbosari D.Nishonov va yoshlar ittifoqi fakultet yoshlar kengashi hamkorligi ostida shu fakultetning 1-bosqich talabalari o'rtasida futbol musobaqasi bo'lib o'tdi. 

Bu musobaqada fakultetning barcha talabalari faol ishtirok etishdi. 
Musobaqadan ko'zlangan asosiy maqsad talabalarning bir-biriga bo'lgan munosabatini yanada mustahkamlashtirish va sog'lom turmush tarzini ilgari surish edi. 
Albatta, barcha talabalar bu maqsadni to'la-to'kis ado etishdi. 

Shaxsan dekan o'rinbosari D.Nishonov ham bu musobaqada shunchaki tomoshabin sifatida cheklanmadilar, ya'ni o'yinni shaffof darajada nazorat qilish va talabalarni yanada ruhlantirish bilan shug'ullandilar. 

Bu musobaqa fakultet yoshlarini yanada jipslashtirdi, talabalarga ham ma'nan, ham jismonan o'zgacha bir kayfiyat bag'ishladi. 

Musobaqaning final o'yiniga keladigan bo'lsak, 

101-guruh o'yinchilari 105-guruh o'yinchilarini 2:0 hisobda mag'lub etib, musobaqa g'olibi bo'lishdi. 

 

Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteteti 101-guruh yoshlar yetakchisi :

TOSHBOLTAYEV OLIMJON

 

 

Foydali saytlar

Veterinariya sohasining rivojlanishiga o'z hissalarini qo'shib kelayotgan hamkorlarimiz