Yangiliklar

SamVMI Nukus filialida «O‘qituvchilar va murabbiylar» kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi

SamVMI Nukus filialida «O‘qituvchilar va murabbiylar» kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi

SamVMI Nukus filialida «O‘qituvchilar va murabbiylar» kuniga bag‘ishlab «Ustoz- qadri buyuk muallim!» mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bayram kechasiga filial xodimlari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirni ochib berish uchun so‘zga ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari R. Turganbev va o‘quv va tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Q.Atanazarovlar chiqib barchani bayram bilan qizg‘in qutladilar. Bugungi bayram tadbiri Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi YE.Seytmuratov va Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi O.Shyeripbayev bilan birgalikda tashkillashtirildi. Talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan konsert dasturini tomoshabinlar zavq bilan tomosha qildilar. Filial talabalaridan tashkil topgan «Vet star» KVN jamoasining chiqishlari barchaga birdek ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Shuningdek, tadbir davomida tashkilotchilar tomonidan filialning professor-o‘qituvchilariga sovg‘alar topshirildi. «O‘qituvchilar va murabbiylar» kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyat bilan davom yetdi. Filial xodimlari va professor-o‘qituvchilari konsert dasturini zavq bilan tomosha qildi.

SamVMI Nukus filiali matbuot kotibi Ziyuar Xojamuratova