Yangiliklar

FAKULTETLARDA MUSTAQILLIK DARSLARI.

FAKULTETLARDA MUSTAQILLIK DARSLARI.

Barchamizga maʼlumki shu kunlarda Mustaqilligimizning 28 yilligi munosabati bilan muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbusi bilan joylardagi taʼlim muassasalarida Mustaqillik darslari o'tkazib kelinmoqda.

Shu jumladan Samaraqand veterinariya meditsinasi institutining Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi, hamda Zooinjeneriya fakultetlari rahbariyati, va professorlar oʻqituvchilari ishtirokida; fakultetlarning 1-bosqich talabalariga Mustaqillik darsilari tashkil etildi.

Ushbu darslar davomida professor oʻqituvchilar tomonidan talabalarga Mustaqillik eng ulugʻ neʼmat ekanligi, bugungi dorilomon kunlarning o'z-o'zidan kelmaganligini, buning uchun qanchadan-qancha ajdodlarimiz jonini fido qilishgani va yosh avlodlar esa ushbu ulugʻ neʼmatning qadriga yetib, yaratilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanib ilim choʻqilarini egallab kelajakda yuqori natijalarga erishishlari hamda vatanimiz ravnaqi uchun xizmat qiladigan insonlar boʻlib yetishishlari kerakligini taʼkidladilar.

Albatta bunday darslarning oʻtkazilishi yoshlarimizning Vatanga boʻlgan muhabbat hamda sadoqat tuygʻularining yanada yuksalishiga xizmat qiladi!

Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti 101-guruh yoshlar yetakchisi:

Olimjon Toshboltayev

@veterinariyameditsinasi