To’lov-kontrakt miqdorining 35 foiziga ega bo’lgan talabalar taqdirlandi.
Samarqand shahrida joylashgan viloyat “Yoshlar markazi” binosida viloyatimizning barcha Oliy ta’lim muassalaridan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zosi bo‘lgan, to‘lov-kontrakt mablag‘ining 35% ni to‘lab berilishi bilan moddiy qo‘llab-quvvatlantirilayotgan talabalarni tantanali ravishda taqdirlash marosimlarini o‘tkazildi. Samarqand veterinariya meditsinasi institutidan ham 13 nafar iqtidorli talabalar taqdirlash marosimida ishtirok etishdi.
Ushbu talabalar bilan tanishing!!!
1. Yaxshimurodov Islombek Xolmurod o‘g‘li - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti, Aroiqtisodiyot va Agroinjeneriya fakulteti, 2-kurs talabasi
2. Xursandov Sunnatillo Pirnazar o‘g‘li - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti, Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti, 2-kurs talabasi
3. Nurillayev Axmatjon G‘ofurjonovich - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti, Aroiqtisodiyot va Agroinjeneriya fakulteti, 4-kurs talabasi
4. Uzoqov Suxrobjon Do‘smat o‘g‘li - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti, Aroiqtisodiyot va Agroinjeneriya fakulteti, 4-kurs talabasi
5. Baxriddinova Munavvar Farxod qizi - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti, Agroiqtisodiyot va Agroinjeneriya fakulteti, 3-kurs talabasi
6. Po’latov Jaxongir Anvar o‘g‘li - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti, Agronomiya fakulteti, 3-kurs talabasi
7. Boltaeva Ra’no Norboy qizi - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti, Biotexnologiya,chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash fakulteti, 3-kurs talabasi
8. Norqozoqova Muqaddas Shermaxmud qizi- Samarqand veterinariya meditsinasi instituti, Agronomiya fakulteti, 3-kurs talabasi
9. Bobonazarova Dilshoda Xudayqul qizi - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti, Agroiqtisodiyot va Agroinjeneriya fakulteti, 4-kurs talabasi
10. Elmurodova Muxabbat Abduraxmonovna - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti, Agronomiya fakulteti, O‘simlikshunoslik yo‘nalishi, 2- kurs magistranti
11. Nabijonov Mirzoxid Maxmudjon o‘g‘li - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti, Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti,4-kurs talabasi
12. Saloyeva Go’zal Sayfiddin qizi - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti, Agronomiya fakulteti, 2-kurs talabasi
13.Rajabmurodova Xulkar Xoliqul qizi - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti, Agroiqtisodiyot va Agroinjeneriya fakulteti, 3-kurs talabasi
To‘lov-kontrakt summasining 35 foizi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan bakalavriyat yoki magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalarga to‘lab berilishi uchun to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talaba:
• O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zosi bo‘lishi;
• O‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 86 foiz va undan yuqori bo‘lishi;
• Shartnomada belgilangan to‘lov miqdorining 65 foizini belgilangan muddatlarda to‘lashi lozim edi.
Ushbu o’quv yilining 10-fevralidan 15-fevraliga qadar oliy ta’lim muassasasining Yoshlar kengashi da’vogar talabalarning arizalarini ko‘rib chiqdi hamda moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun tavsiya etish bo‘yicha qaror qabul qildi.
Yoshlar kengashi da’vogar talabalarni tavsiya etishda quyidagilar inobatga olindi:
• Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti faoliyatidagi ishtiroki;
• Olimpiadalar va sport musobaqalaridagi natijalari;
• Tashkilotchilik va yetakchilik qobiliyatlari;
• Ilmiy va ijodiy faoliyati natijalari.
Institut matbuot kotibi
Shaxzod Axmedov
Institut matbuot kotibi
ShaxzodAxmedov