Yangiliklar

Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz mavzusida turkum tadbirlar tashkil qilindi

Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz  mavzusida turkum tadbirlar tashkil qilindi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 15 noyabrdagi «Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni ijrosi doirasida yurtimizda har yili 16 noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuniga bag‘ishlangan «Bag‘rikenglik haftaligi» tashkil etilib kelinmoqda.«Bag‘rikenglik haftaligi»ni o‘tkazishdan maqsad jamiyatimizda do‘stlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirishdan iboratdir. Samarqand veterinariya meditsinasi institutida ham  "Biz mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, turli ko‘rik-tanlovlar tashkil qilindi. Jumladan,  Gumanitar fanlar, madaniyat va jismoniy tarbiya kafedrasi bilan hamkorlikda "“Mening bag‘rikeng diyorim”" mavzusida rasmlar tanlovi tashkil qilindi.

"O'zbek tili, rus tili va adabiyoti" kafedrasi bilan hamkorlikda institut talabalari o'rtasida “Bag'rikeng diyor” mavzusida insholar tanlovi o'tkazildi.

“O‘zbekiston-bag‘rikeng diyor” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida Samarqand shahar bosh imom xatibi o'rinbosari Nursultonxon Abdumannonov, Armaniston milliy madaniyat markazi rahbari Katirina Valeriyevna, Turkiya milliy madaniyat markazi vakili Randir Yusupov, Zooinjeneriya fakulteti dekani, q.x.f.d. Erkin Shaptakovlar ishtirok etishdi.

Shuningdek, tadbir davomida bir guruh talaba-yoshlar 10 dan ziyod turli xalqlar milliy liboslarini namoyish etishdi.

Axborot xizmati