Yangiliklar

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti qo‘shma ta’lim dasturlari asosida abituriyentlarni o‘qishga taklif etadi!!!

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti qo‘shma  ta’lim dasturlari asosida abituriyentlarni  o‘qishga taklif etadi!!!

Bugungi kunda Samarqand veterinariya meditsinasi instituti chet elning 3 ta nufuzli oliy taʼlim muassasasi bilan hamkorlikda 6 ta taʼlim yoʻnalishi va mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻygan.2021/2022-oʻquv yilida Samarqand veterinariya meditsinasi institutida tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturlari uchun ajratilgan qabul kvotalari hamkor OTM bilan kelishilgan holda rasman tasdiqlandi.Ushbu dasturlarga qabul jarayoni 2021-yilning 20-sentabriga qadar davom etishi rejalashtirilgan. Abituriyentlar quyidagi qoʻshma taʼlim dasturlari asosida tashkil etilgan taʼlim yoʻnalishlariga hujjat topshirishlari mumkin:
Bakalavriat uchun:
Belarus Respublikasining Grodno davlat agrar universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan:
Zooinjeneriya (turlar bo‘yicha) – 2+2 formatda;
Iqtisodiyot (tarmoqlar bo‘yicha) – 2+2 formatda;
Belarus Respublikasining Vitebsk davlat veterinariya meditsinasi akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan:
Veterinariya meditsinasi - 3+2 formatda;
Veterinariya farmatsevtikasi - 2+2 formatda;
Latviyaning Tabiiy fanlar va texnologiyalar universiteti  bilan hamkorlikda tashkil etilgan:
Chorvachilik maxsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi - 1+3 formatda;
Magistratura uchun:
Latviyaning Tabiiy fanlar va texnologiyalar universiteti  bilan hamkorlikda tashkil etilgan:  
Chorvachilik maxsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlashni an’anaviy hamda innovatsion texnologiyasi va sertifikatsiyasi – 0,5+1,5 formatda;
Hujjatlar qabuli www.qabul.samvmi.uz sayti orqali online amalga oshiriladi. Nomzodlardan talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati: (elektron skaner variantlarda)
Fuqorolik pasporti;
Diplom (ilovasi bilan) yoki attestat.
3x4 rasm
Til bilish darajasi bo‘yicha sertifikat (CEFR, IELTS) agar mavjud bo‘lsa
Batafsil maʼlumot:
Telefon: +998 91 298 95 09
@otmsamvmi