Yangiliklar

Kitobxonlik haftaligi doirasida

Kitobxonlik haftaligi doirasida

Yoshlarni bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitob mutolaasiga bo’lgan qiziqishini uyg’otish, ma’naviyatini yuksaltirish, san’at va sportga jalb etish masalalari bugungi kunning dolzarb vazifalariga aylandi. Bu borada muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish“ bo’yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish ahamiyatlidir.Ushbu tashabbusning To’rtinchi tashabbusi – yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo’naltirilgan bo’lib, joylarda turli kitobxonlik tadbirlari o’tkazilmoqda.

 

Shu jumladan, Bizning axborot-resurs markazida ham tadbirlar o’tkazilib kelinmoqda. Xususan, bugun 5-aprel kuni Axborot-resurs markaziga kelgan yangi adabiyotlar taqdimoti bo’lib o’tdi.