Yangiliklar

Ayol borki, OLAM munavvar

Ayol borki, OLAM munavvar

Uyg’onish, yasharish va yangilanish faslining ilk bayrami Xalqaro xotin qizlar kuniga to’g’ri kelarkan. Shu bois ham ayolni bahorga, bahorni ayolga qiyoslashlarida ramziy ma’no bordek!

Tabiatning eng nozik va go’zal hilqati, xonadonlarimizning fayzi va shamchirog’i, g’ururimiz-fahrimiz - ayollar onalar, opa - singillarimizning bu kunda e’tibor va e’zozdan, hurmat va ehtiromdan boshi ko’kka yetgudek!

 

"Aslida ular har doim ishda ham, oilada ham, jamiyatda ham e’tibor va e’zozga munosib! Ular hayotimizni misoli shamdek yoritib turishadi. Bizning barcha muvaffaqiyatlarimizda, yutuqlarimizda ularning katta hissasi va o’rni bor," - deydi Samarqand Veterinariya medisinasi instituti rektori, professor Yunusov.

 

"Ayol borki, OLAM munavvar" deb nomlangan bayram kechasida Samarqand Veterinariya medisinasi institutida faoliyat ko’rsatayotgan xotin qizlar, fahriy professor o’qituvchilar, ishchi xodimlar va talaba yoshlar ishtirok etishdi.

"Bugun ayollarimizning jamiyatdagi o’rni yuksak darajalarga ko’tarilganini e’tirof etish lozim. Ayolga e’tibor bu jamiyatga e’tibordir, deganlarida Prezidentimiz juda haq edi. Biz ularning nufuzini ko’tarish, sharoitlarini yaxshilash, ularga imkoniyat va imtiyozlar berish orqali, jamiyatdagi juda ko’p muammolarga yechim topgan bo’lamiz", deydi SamVMI Talabalar va yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor Alibek Gapparov.

 

SamVMI Xotin -qizlar bilan ishlash bo’yicha kengash raisi Jamila Sayfiddinovaning ma’lumotiga ko’ra, ayni kunda SamVMI da faoliyat ko’rsatuvchi professor o’qituvchilar va ishchi xodimlarning 40 foizini ayollar tashkil qiladi.

Bayram kechasida uning ishtirokchilariga institut rektorining "Fahriy yorliqlari" va esdalik sovg’alari topshirildi.

 

Talabalar sahnasida namoyish etilgan kuy-qo’shiqlar, raqs va ayolni va bahorni tarannum etuvchi badiiy qism barcha ishtirokchilarga ko’tarinki kayfiyat bahsh etdi.

SamVMI Axborot xizmati