Yangiliklar

UChINChI RENESANS – YoShLAR NIGOHIDA TANLOVNING INSTITUT BOSQIChI G’OLIBLARI MA’LUM BO’LDI

UChINChI RENESANS – YoShLAR NIGOHIDA TANLOVNING INSTITUT BOSQIChI G’OLIBLARI MA’LUM BO’LDI
Samarqand Veterinariya medisinasi institutida “Uchinchi renesans – yoshlar nigohida” Respublika ko’rik-tanlovining institut bosqichi bo’lib o’tdi. 

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstrasiyasining 2020 yil 11 dekabrdagi topshirig’i ijrosini ta’minlash maqsadida respublika Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va bir qator tashkilotlar, vazirliklar hamkorligida tashkil etilgan mazkur tanlov uch bosqichda, (institut bosqichi, hududiy va yakuniy respublika) Nizom va belgilangan mezonlar asosida har yili ikki marta o’tkazilishi rejalashtirilgan. Tanlovda OTM larining talaba -yoshlari va tadqiqotchilari ishtirok etishlari nazarda tutilgan. 

Tadbirni SamVMI rektori, professor X.Yunusov ochib berdi. Mazkur tanlovning OTM talabalari o’rtasida o’tkazilishida ramziy ma’no borligi, yurtimiz kelajagi aynan yoshlarimizning intellektual salohiyatiga bog’liqligi, yangi O’zbekistonni qurishda yoshlarning o’rni va roli beqiyosligi institut rahbari tomonidan alohida ta’kidlandi.  Tanlovning dastlabki - institut bosqichi uchun taqdim etilgan ilmiy va innovasion ishlar hakamlar hay’ati tomonidan ko’rib chiqildi. SamVMI prorektorlari, fakultetlar dekanlari va boshqa professor-o’qituvchilar tomonidan tanlab, saralab olingan ishlar tanlovning navbatdagi hududiy bosqichi uchun yuboriladi.

Tanlov 3 yo’nalish bo’yicha o’tkazilmoqda. Bular:
Ajdodlar merosini targ’ib qilishda innovasion yondashuv nominasiyasi:
Oliy ta’limda sifatli bilim olishdan talabalarning manfaatdorligini oshirish uchun o’quv jarayoni va metodikasini o’zgartirish yo’llari nominasiyasi:
Yoshlarni ilm-fan va innovasiyalarga qiziqtirishning noan’aviy usullari nominasiyalaridir.
Mazkur barcha nominasiyalar bo’yicha Veterinariya diagnostikasi va oziq – ovqat havfsizligi fakulteti talabalari Soxiba Po’latova (202-gurux, 1-yo’nalish bo’yicha), Ozodbek Sobirov (305-guruh, 2-yo’nalish bo’yicha), Ismoil Axmedov va Xusanxon Nazirovlar (201-gurux, 3-yo’nalish bo’yicha ) fahrli 1-o’rinni qo’lga kiritdilar. 

G’oliblar tanlovning xududiy bosqichi uchun yo’llanmani qo’lga kiritdilar. 
Iqtidorli yoshlarga keyingi bosqichlarda ham omad tilaymiz! 

SamVMI Axborot xizmati