YANGILIKLAR

Nijegorod davlat qishloq xo’jaligi akademiyasi bilan hamkorlik aloqalari rivojlanadi.

img

Samarqand veterinariya meditsinasi institutiga Rossiyaning Nijegorod davlat qishloq xo’jaligi akademiyasi rektori, qishloq xo’jaligi fanlari nomzodi, Aleksandr Jezlov va “Agrokimyo va agroekologiya” kafedrasi mudiri, qishloq xo’jaligi fanlari doktori Titova Vera Ivanovna tashrif buyurishdi. Tashrif davomida mehmonlar institut rektori X.B.Yunusov boshchiligida o’quv ishlari bo’yicha prorektor B.Narziyev, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor A.Daminov, o’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i R.Ro’ziqulov, “Agrokimyo,tuproqshunoslik,o’simliklar himoyasi va karantini” kafedrasi mudiri F.Xoshimov va fakultet dekanlari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. 

Mehmonlar ikki davlat o’rtasidagi aloqalar ilm-fan sohasida ham rivoj topib borayotganligini, shuningdek qishloq xo’jaligi va chorvachilik sohasida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish borasida gapirib o’tishdi. Kelgusida Samarqand veterinariya meditsinasi instituti bilan Nijegorod davlat qishloq xo’jaligi akademiyasi o’rtasida hamkorlikda ilmiy ishlar olib borish, o’quv-uslubiy ishlar, professor-o’qituvchilar malakasini oshirish, ikki tomonlama talabalar almashinuvi borasida fikr-mulohazalar bildirildi. 
 

Titova Vera Ivanovna Nijegorod davlat qishloq xo’jaligi akademiyasida tayyorlangan darslik, o’quv qo’llanma, ilmiy jurnal va monografiyalarni institimiz axborot-resurs markaziga taqdim etdi. Nijegorod davlat qishloq xo’jaligi akademiyasi rektori Aleksandr Jezlov institutimiz rektori X.B.Yunusovni Nijegorod davlat qishloq xo’jaligi akademiyasi faoliyati bilan tanishishi uchun taklif qildi.


Mehmonlarni institut rektori tashrif bilan qutlab, institut nomidan esdalik sovg’alarni topshirdi. Mehmonlar ham institut rahbariyatiga ularni iliq kutib olishganliklari uchun minnatdorchilik bildirib, o’zlari tomonidan keltirilgan sovg’alarni topshirishdi. 
 

Ikkala institut rektori kelgusida o’zaro hamkorlik qilish bo’yicha shartnoma imzoladi.

Mehmonlar institutning Agronomiya fakultetiga tashrif buyurib, uyerdagi qishloq xo’jaligiga oid eksponatlar bilan tanishishdi.

Institut matbuot kotibi 
Shaxzod Axmedov