YANGILIKLAR

Bryansk davlat agrar universiteti bilan onlayn vebinar o’tkazildi

img

Yurtimizda qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi boshqa ilmiy va oliy ta’lim muassasalari hamda mashinasozlik korxonalari, shuningdek, xalqaro ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari bilan ilmiy-texnik kooperatsiya o‘rnatish va o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash orqali yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8-maydagi “Samarqand veterinariya meditsinasi institutini tashkil etish to’g’risida” gi PQ-3703-sonli qaroridagi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yilning 14 may kuni Bryansk davlat agrar universiteti professorlari Kuprienko Aleksey Ivanovich va Ojerelev Viktor Nikolayevich bilan birgalikda “Tuproqqa ishlov berish organlarining ishonchliligini ta’minlash” va “G’alla o’rish kombaynlarida yanchish apparatini rivojlantirish tendensiyalari” mavzularida onlayn vebinar o’tkazildi. Onlayn vebinarda institutimizning Agroiqtisodiyot va Agroinjeneriya fakulteti dekani Djazil Yuldoshev va ushbu fakultetning professor-o’qituvchilari ishtirok etishdi.

Bryansk davlat agrar universiteti professorlari onlayn vebinarda xorijiy davlatlarda ishlab chiqilgan yangi qishloq xo’jaligi texnikasi va texnika vositalarining qishloq xo’jaligida samarali foydalanishga doir tavsiyalarni taqdimot qilishdi. Sohaga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Institut matbuot kotibi
Shaxzod Axmedov