YANGILIKLAR

Institutimiz talabasi Respublika fan olimpiadasining g’olibi

img

    Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 5-apreldagi 314-sonli buyrug‘iga asosan Samarqand veterinariya meditsinasi institutida «Hayvonlar fiziologiyasi» mutaxassislik fanidan Respublika fan olimpiadasining Yakuniy 2-bosqichi bo’lib o’tdi.
Respublika fan olimpiadasida o’zining ta’lim muassasasida g’oliblikni qo’lga kiritgan Toshkent davlat agrar universiteti talabasi Abduhakimov Shaxzod, Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali talabasi Djaksigaliyev Islam, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti talabasi Xolbekova Gulbeka, O’zbekiston milliy universiteti talabasi Bekjonov Norbek, Jizzax pedagogika instituti talabasi Fayzullayeva Saidalar ishtirok etishdi.

Respublika fan olimpiadasining nizomiga ko’ra ishtirokchilar jami 4 ta bosqichda sinovlardan o’tishdi. 1-topshiriqda ishtirokchilarga 50 tadan test savollari berildi. 2-topshiriqda ishtirokchilarning har biriga yozma ravishda javob berishlari uchun 5 tadan savol berildi. 3-topshiriqda ishtirokchilar o’z mustaqil fikrlarini ko’rsatib, berilgan 2 tadan savolga og’zaki tarzda javob berib o’tdilar. 4-topshiriq amaliy-laboratoriya topshirig’i bo’lib, har bir ishtirokchiga mustaqil bajarib berishlari uchun amaliy-laboratoriya ishi berildi.
Olimpiadaning barcha bosqichlari bo’yicha ishtirokchilarning umumiy ballari hisoblandi. Unga ko’ra Samarqand veterinariya meditsinasi institutidan "Hayvonlar fiziologiyasi, biokimyosi va patofiziologiyasi» kafedrasining dotsenti Ro’ziqulov Raxmatullo Fayzullayevich ilmiy rahbarligida ishtirok etgan Veterinariya profilaktikasi vadavolash fakulteti 2-bosqich talabasi Xolbekova Gulbeka 353 ball to’plab I o’rinni, O’zbekiston Milliy Universiteti talabasi Bekjonov Norbek 332 ball to’plab II o’rinni, Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali talabasi Djaksigaliyev Islam 307 ball to’plab III o’rinni qo’lga kiritdi.

Institut matbuot kotibi
Shaxzod Axmedov