EVENT-NEWS

image description

Institutda yangi fakultet tashkil etildi.

Samarqand veterinariya meditsinasi institutida yangi “Iqtisodiyot va agrotexnologiya” fakulteti tashkil etildi. Bu haqida institutning 58-xonasida institut rektori, soha prorektorlari va professor-o’qituvchilar bilan bo’lgan yig’ilishda ma’lum qilindi.
Yig’ilishda institut rektori X.B.Yunusov so’zga chiqib, yangi tashkil etilgan fakultetning oldida turgan muhim vazifalari haqida gapirib o’tdi va fakultet dekani vazifasini bajaruvchi deb shu vaqtgda qadar magistratura bo’limi boshlig’i sifatida faoliyat yuritib kelayotgan E. Berdimurodovni yig’ilganlarga tanishtirdi.
Shuningdek o’quv ishlari bo’yicha prorektor B.Narziyev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor A.Daminov va faxriy professor-o`qituvchilar so’zga chiqishdi va o’z fikr mulohazalarini bildirib o’tishdi.
Ma’lumot o’rnida ushbu fakultet tarkibiga sobiq Agroinjeneriya va agroiqtisodiyot, Agronomiya fakultetlari tarkibidagi kafedralar shuningdek, Gumanitar fanlar, jismoniy madaniyat va sport, O'zbek va xorijiy tillar kafedralari kiritiladi.

Useful web-sites

Our joint partners, who have great contribution to the development of veterinary field