FAOLIYAT & XALQARO HAMKOR TASHKILOTLAR

XALQARO HAMKOR TASHKILOTLAR


Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali bilan hamkor xalqaro oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlar (2019-2020 o‘quv yili)

TDIU Samarqand filiali 2019 yil 28 mayda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi 438-son qarori asosida tashkil etildi. Filial tashkil etilgan kunidan boshlab xalqaro aloqalar sohasida dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib kelmoqda. Ular quyidagilardir:

  • Germaniyaning Vayenshtefan-Trizdorf Amaliy bilimlar universiteti;
  • Latviya amaliy bilimlar va texnologiyalar universiteti;
  • Yaponiya Xirosaki universiteti;
  • Italiyaning Piza universiteti;
  • Polshaning Poznan universiteti;
  • Britaniya Kengashi;
  • SARIS markazi;
  • Germaniyaning O‘tish davri iqtisodiyoti mamlakatlarida  qishloq xo‘jaligini rivojlantirish ITI (IAMO);
  • KOICA dasturi;
  • JICA dasturi.

2020 yilga qadar filial bilan 2 ta xorijiy hamkor oliygohlar o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi:

1. Germaniyaning Vayenshtefan Amaliy Bilimlar universiteti, 24.06.2019y, 3 yil;

2. Latviya amaliy bilimlar va texnologiyalar universiteti, 18.12.2019y, 5 yil.

Filialda 2020 yilda Yaponiyaning Xirosaki universiteti, Tokio qishloq xo‘jaligi va texnologiyalari universiteti, Italiyaning Piza universitetlari bilan ham hamkorlik shartnomasini imzolash rejalashtirildi.

Germaniyaning Vayenshtefan Amaliy Bilimlar universiteti va TDIU SF o‘rtasidagi shartnomaga asosan filialda “Oziq-ovqat tizimlarini boshqarish” yo‘nalishida “2+2” formatda qo‘shma dastur bo‘yicha 50 nafar talaba tahsil olmoqda.

Filialning 2019-2020 yil Amaliy chora-tadbirlar rejasi “Yo‘l xaritasi”da keltirilgan vazifalar ijrosini bajarish, magistratura mutaxassisliklarini jahon standartlari asosida o‘zlashtirish va amaliy ko‘nikma hosil qilish maqsadida filialning 1 nafar xodimi Polshaning Poznan amaliy bilimlar universitetiga “Oziq-ovqat va resurs iqtisodiyoti” mutaxassisligi bo‘yicha 2019-2021 yilgacha bo‘lgan muddatda maqsadli magistraturada o‘qishga  yuborildi.

Koreyaning KOICA dasturi doirasida 2021-2024 yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekistonda kartoshka ishlab chiqarishni ko‘paytirish va urug‘lik ishlab chiqarish tizimini rivojlantirishda salohiyatni oshirish” loyihasining konsepsiyasi tayyorlanib, Koreya hukumatiga taqdim etildi. Shuningdek, Yaponiyaning JICA, YuNESKO tashkilotlariga o‘quv-ilmiy loyihalar topshirildi va moliyalashtirilishi kutilmoqda.

Filial va IAMO (Germaniyaning O‘tish davri iqtisodiyoti mamlakatlarida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish ITI) o‘rtasida o‘zaro hamkorlik kelishuviga asosan birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, qo‘shma dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha kelishildi.      

Bundan tashqari 2019-2022 yillarga mo‘ljallangan Britaniya kengashi hamda O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda tashkil etilgan EMI (English medium instruction) loyihasida filialning 5 nafar xodimi ishtirok etib kelmoqda. Ushbu loyiha ularning ingliz tilida dars berish mahoratlarini oshirishga xizmat qilib, talabalarga mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o‘qitishni joriy qilish maqsadini qamrab olgan.

XALQARO HAMKORLIK ALOQALARI​

Blog Single

Germaniya, Vayenshtefan-Trizdorf amaliy bilimlar universiteti.

Germaniya Vayenshtefan-Trizdorf amaliy bilimlar universiteti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali o`rtasida 2019-yil 5-avgustdagi hamkorlik shartnomasiga asosan filialda “Oziq-ovqat tizimlarini boshqarish” yo`nalishida “2+2” formatda qo`shma dastur bo`yicha 50 nafar talaba o’qishga qabul qilindi. Ulardan dastlabki 25 nafar talaba joriy yilning 1-oktabridan, talab yuqoriligini hisobga olgan holda qo’shimcha oshirilgan shartnoma asosida 25 nafar talaba 1-noyabrdan talabalar safiga qabul qilindi.

2019-yilning 27-30-noyabr kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali o`quv va tarbiyaviy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari Farhod Ahrorov Germaniyaning Vayenshtefan-Trizdorf amaliy bilimlar universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Iqtisodiyot (oziq-ovqat tizimlarini boshqarish) yo`nalishi bo`yicha qo`shma bakalavriat dasturi taqdimoti, uni akkreditatsiyadan o`tkazish bo`yicha shartnoma tuzish, yangi dasturlar bo`yicha muzokaralar olib borish maqsadida mazkur universitetga tashrif buyurdi.

 
 

 

Filial faoliyatini tashkil qilish va o`quv-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda Germaniyaning Vayenshtefan-Trizdorf amaliy bilimlar universiteti (professor R.Shlauderer), Janubiy Koreyaning Kangvon milliy universiteti (professor K.R.Kim), Buyuk Britaniyaning Vritl universitet kolleji (dotsent X.Matyus) va boshqalar jalb qilindi.

2019-2020-o`quv yilida filialda dars berish, o`quv-uslubiy ta’minotni takomillashtirish, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun Germaniyaning Vayenshtefan-Trizdorf universitetidan professorlar P.Mixels va I.Smetanska, Gissen universitetidan professor M.Petrik, Janubiy Koreyaning Kangvon milliy universitetidan professor K.R.Kim, Germaniyaning O`tish davri iqtisodiyoti mamlakatlarida qishloq xo`jaligini rivojlantirish Leybnits instituti (IAMO)dan doktor N.Janibekov va doktor G`.Sanayev, Buyuk Britaniyaning Vritl universitet kollejidan dotsent X.Matyuslarning filialga kelishi rejalashtirildi.

Polsha, Poznan universiteti.

Polshaning Poznan amaliy bilimlar universiteti o`rtasidagi kelishuvga asosan filial yosh mutaxassislar bilan ishlash bo`yicha 1-toifali muhandisi Normuradov Nurbek “Oziq-ovqat va resurslar iqtisodiyoti” mutaxassisligi bo`yicha magistraturaga maqsadli yuborildi.

Latviya amaliy bilimlar universiteti.

2019-yil 7-oktabr kuni Latviya amaliy bilimlar va texnologiyalar universiteti rektori Irina Pilvere hamda TDIU Samarqand filiali direktori, professor-o`qituvchilari ishtirokida bo`lib o`tgan uchrashuv natijasiga ko`ra ular o`rtasida xalqaro hamkorlik memorandumi tuzish, xorijiy loyihalarni amalga oshirish, talabalar almashinuv dasturini keng joriy qilish va kadrlar salohiyatini yuksaltirishga kelishildi.

 

Yaponiya, Xirosaki universiteti.

2019-yilning 11-14-dekabr kunlari Yaponiyadagi Xirosaki universiteti delegatsiyasining filialga tashrifi davomida va JICA hamkorligida mazkur oliy ta’lim muassasalari o`rtasida hamkorlik memorandumi imzolash, oliy ta’lim tizimiga oid xalqaro loyihalarni amalga oshirish, talabalar almashinuv dasturini joriy qilish kabi istiqbol rejalarini amalga oshirish ko`zda tutilgan.

Italiya, Pisa universiteti.

2019-yilning 07/11-05/12 muddatda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali ilmiy va innovatsiya ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari Shavkat Hasanov Italiyaning Piza universitetiga qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi masalalarida olib borilayotgan tadqiqotlar bilan tanishish, kelgusida manfaatli hamkorlik aloqalarini o`rnatish, Erasmus+ dasturi doirasida birgalikda qo`shma loyiha konsepsiyasini tayyorlash va moliyalashtirish uchun topshirish, “Oziq-ovqat xavfsizligi”mutaxassisligi yo`nalishida qo`shma magistratura dasturi bo`yicha muzokaralar olib borish maqsadida tashrif buyurdi.

 

 
 
 

HAMKORLIK ALOQALARI

Blog Single
 
 

TRAINING FOR UNIVERSITY PROFESSORS IN THE USE OF THE CASE STUDY METHODOLOGY IN FOOD AND NUTRITION POLICY TEACHING PROGRAMMES

Blog Single

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetei Samarqand filiali “Xalqaro hamkorlik boʻlimi” yosh ilmiy izlanuvchi xodimi Saydullayeva Fotima Jozilovna 2020 yilning 27-31-yanvar kunlari Rossiyaning Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetida oʻtkazilgan “Training for University Professors in the use of the Case Study Methodology in Food and Nutrition Policy teaching programmes(Oliy taʼlim professor-oʻqituvchilarini Oziq-ovqat siyosatida Keys-stadi metodologiyasidan foydalanishni oʻqitish)” o’quv seminar treningda ishtirok etdi.

Ushbu trening oliy taʼlim muassasalari professor oʻqituvchilarni talabalarga keys stadilarni faol oʻrgatish uchun amalga oshirildi.Treninglar sohaning malakali mutaxassisilar Amerikalik professor Djeyms Djentri (Texas A&M Commerce university) va Derril Vatson (Cornell University) tomonidan olib borildi.

Treningda davomida  keys stadilarni inovatsion usullar bilan talabalarga o’rgatish ta’lim sifatiga va talabalarning qiziqishlarini oshirisha xizmat qiladi.

ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ИҚТИСОДИЁТ УНИВЕРСИТЕТИ САМАРҚАНД ФИЛИАЛИ БИЛАН ЯПОНИЯ ҲИРОСАКИ УНИВЕРСИТЕТИ ТАЪЛИМ ВА ИЛМИЙ СОҲАЛАРДА ЯНГИ СТРАТЕГИК ҲАМКОРЛИКНИ БОШЛАДИ

Blog Single

Тошкент Давлат иқтисодиёт университети Самарқанд филиали Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 20 апрелдаги “Олий таълим тизимини янада ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-2909-сон ва Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 28 декабрдаги “Ўзбекистон Республикаси ва Япония ўртасида икки томонлама ҳамкорликни янада кенгайтириш ва мустаҳкамлаш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-4553-сон  қарорларида белгиланган вазифалар ижросини таъминлаш  ҳамда Вазирлар Маҳкамасининг 2019 йил 28 майдаги 438-сон “Тошкент давлат иқтисодиёт университетининг Самарқанд филиалини ташкил этиш тўғрисида”ги  қарорларида белгиланган вазифалар ижросини таъминлаш мақсадида филиалнинг Илмий ишлар ва инновациялар бўйича директор ўринбосари, и.ф.д. Ҳасанов Шавкат Турсункулович бошчилигидаги делегация 2020 йилнинг 14-21 феврал кунлари Япониянинг Ҳиросаки университетида хизмат сафарида бўлиб турибди.

17 феврал куни ТДИУ Самарқанд филиали ва Япониянинг Ҳиросаки Университети ўртасида келгусида фан ва илмий соҳаларда манфаатли ҳамкорлик алоқаларини ўрнатиш, профессор-ўқитувчилар, ёш тадқиқотчилар билан илмий лойиҳаларни биргаликда олиб бориш мақсадида филиал ва университет билан англашув меморандумини имзолаш мақсадида Қишлоқ хўжалиги ва ҳаётий фанлар факултети (Faculty of Agriculture and Life Science) декани, профессор Такаҳиро Сато (Takahiro Sato) ва факултет профессори Осаму Аракава (Osamu Arakawa) ва JICA лойиҳаси вакиллари билан расмий учрашув ўтказди ва стратегик ҳамкорликни йўлга қўйиш режалари тақдимотлари намойиш қилинди ҳамда келишувлар олиб борилди.

Бундан ташқари ташриф буюрган делегация APHRODITE-3 лойиҳаси доирасида “International workshop on snow cover changes and its modeling over Northern Eurasia (Қор қопламининг ўзгариши ва уни Шимолий Евросиё бўйлаб моделлаштириш)” мавзусидаги халқаро семинарда иштирок этмоқда. Семинарда иқлим ўзгаришини Шимолий Евросиё бўйлаб ўзгаришини моделлаштириш ва унинг иқтисодий таъсирлари анализлари таҳлил қилинмоқда. Жумладан кун тартибига биноан, APHRODITE-3 дастурини ишлаш принциплари, иқлим ўзгаришлари тўғрисида маълумотлар йиғиш, уларни таҳлил қилиш ва компютер дастурларини қўллаш орқали натижалар олиш ўрганилмоқда.

 

Илмий ишлар ва инновациялар бўйича директор ўринбосари, и.ф.д. Ш.Т.Ҳасанов