RAHBARIYAT


John Doe

Murtazayev Olim

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali direktori.

Qabul vaqti: Shanba va yakshanbadan tashqari soat 10:00 dan 13:00 gacha
Telefon : -
Pochta : -
Qiladigan vazifalari
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy majlis va Vazirlar Maxkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
  • Yuksak ma’naviy-ahloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan, bozor sharoitida ishni tashkil etishning usullarini egallagan yuqori ma’lumotli malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
  • Davlat ta’lim standartlari asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish;
  • Oliy ta’lim muassasasida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalar bajarilishini ta’minlash;
  • Oliy ta’lim muassasasi tarkibiy tuzilmasidagi barcha bo‘linmalar vakolatlarini belgilab berish, faoliyatlarini rejalashtirish, muvofiqlashtirish, boshqarish, oliy ta’lim muassasasining boshqaruv lavozimlariga munosib kadrlarni tayyorlash, xodimlarni tanlash, rahbarlik lavozimiga tavsiya etish va ishga qabul qilish;
  • Xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ijtimoiy muxofazasini ta’minlash, intizomiy jazo choralarini qo‘llash;
  • Oliy ta’lim muassasalari daromadlari shakllantirilishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilish;
  • Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash;
  • Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi avlod o‘quv adabiyoti yaratish konsepsiyasi talablariga muvofiq darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishi va nashr etilishini tashkil etish;
  • O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan, masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
  • Ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarga rahbarlik etish, xodimlar va talabalarda milliy g‘oyani shakllantirish;
  • Talabalikka, magistratura va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi, izlanuvchilar institutiga qabul qilish, o‘qishdan chetlatish, tiklash, ichki tartibga rioya etilishini ta’minlash;
  • Professor-o‘qituvchilarning kasbiy malaka oshirishlarini ta’minlash;
  • Talabalar, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar, ilmiy-pedagogik xodimlar uchun maishiy xizmat ko‘rsatish va boshqa turdagi sharoitlarni tashkil etish, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash;
  • Fakultetlar va kafedralar faoliyati, o‘quv jarayoni, ma’ruzalar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari, boshqa turdagi mashg‘ulotlar sifatining doimiy nazorat etilishini ta’minlash;
  • Ta’lim muassasasida mutaxassislar tayyorlanadigan yo‘nalish va ixtisosliklar sohasining rivojlanish istiqbollarini aniqlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish (ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazish, halqaro anjumanlarda ishtirok etish, axborot makonidan foydalanish sharoitlarini yaratish, fan-texnika, texnologiyalar rivojlanishiga taalluqli adabiyot, informatsion materiallarni keltirish), buning asosida davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari, o‘quv adabiyotlarini takomillashtirib borishni ta’minlash, ilmiy izlanishlarni yo‘naltirib borish;
  • Marketing xizmatini rivojlantirib, ta’lim yo‘nalishi va ixtisosliklarga talab va extiyojni o‘rganishni, bitiruvchilarni amalda ishga joylashishi tahlilini, mutaxassislarni maqsadli tayyorlash borasida hamkorlik shartnomalari tuzishni tashkil etish;
  • Oliy ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustaxkamlash va rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, oliy ta’lim muassasasi Ilmiy Kengashiga rahbarlik qilish, oliy ta’lim muassasasining tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etish, tugatish, o‘zgartirish;
  • Xorijiy hamkorlar bilan ilmiy-ijodiy aloqalarni rivojlantirish, investitsiya va grantlar jalb etilishini ta’minlash, qo‘shma korxona (kafedra, ilmiy markaz, ilmiy tadqiqotlar, loyihalar va x.k.) lar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish;
  • Jamoat tashkilotlari, vasiylar kengashi va boshqa shu kabi nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik faoliyatini olib borish;
  • Ta’lim jarayonini boshqarish bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan belgilangan boshqa vazifalar ijrosini ta’minlash.
Biografiya

.

John Doe

Axrorov Farxod Baxriddinovich

O‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari

Qabul vaqti: Shanba va yakshanbadan tashqari soat 10:00 dan 13:00 gacha
Telefon : +998 (93) 3445575
Pochta : fahrorov@yahoo.com
Qiladigan vazifalari
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Maxkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etadi;
  • Davlat ta’lim standartlari asosida o‘quv, va ma’naviy- tarbiya ishlarini tashkil etadi va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlaydi;
  • Davlat ta’lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va bo‘limlar, kafedra mudirlari va pedagog o‘qituvchilarning to‘liq bilishini ta’minlaydi;
  • Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko‘rsatmalarini, o‘quv - tarbiya jarayonlariga oid masalalar bo‘yicha filialni Ilmiy kengashi qarorlari va direktor buyruqlarining bajarilishini tashkil qiladi;
  • O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etadi va ulardan samarali foydalanishni tashkil etadi;
  • Faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va ishlarni tashkil etadi;
  • O‘quv jarayonini ta’minlaydigan bo‘limlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtiradi, tashkil etadi va nazorat qiladi;
  • Bo‘limlar, fakultet va kafedralar ish rejalarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
  • O‘tilayotgan darslarning sifatini oshiradi, professor-o‘qituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini nazorat qiladi va ta’minlaydi;
  • Professor-o‘qituvchilar va o‘quv ishiga yordamlashuvchi xodimlar shtatlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi, kafedralar, bo‘limlarni malakali kadrlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etadi;
  • Ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora ko‘radi, ular bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
  • Ta’lim mazmunini takomillashtiradi, mutaxassis-kadrlarni halqaro talablar asosida tayyorlashni ta’minlash maqsadida xorij mamlakatlarning turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda fakultet, kafedralar tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
  • Kafedralar, fakultet va bo‘limlarning yillik faoliyati hisobotlarini o‘tkazish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish, professor-o‘qituvchilarning o‘quv-uslubiy faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshiradi;
  • Oliy ta’lim muassasalari bilan o‘quv-uslubiy yo‘nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshiradi, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlaydi;
  • O‘rnatilgan tartibda oliy ta’lim muassasasining yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshiradi;
  • Oliy ta’lim muassasasini o‘rnatilgan tartibda doimiy ichki attestatsiyadan o‘tkazadi, tashki attestatsiyaga tayyorlaydi va o‘tkazishda faol ishtirok etadi.
Biografiya

Ma’lumotim: Oliy

Samarqand qishloq xo‘jalik instituti “Iqtisodiyot” fakulteti

Ilmiy darajasi iqtisod fanlari nomzodi

Ilmiy unvoni dotsent

 

Ish faoliyatim:

1993-1999 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti talabasi

1999-2003 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti iqtisodiyot fakulteti dekanati sirtqi bo‘lim uslubchisi

2003-2004 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti iqtisodiyot  kafedrasi assistenti

2004-2006 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti qishloq xo‘jalik  iqtisodiyoti va boshqaruvi kafedrasi assistenti

2006-2007 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti qishloq xo‘jalik iqtisodiyoti va boshqaruvi kafedrasi katta o‘qituvchisi

2007-2008 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti dekan muovini

2008-2010 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti Qishloq xo‘jalik iqtisodiyoti va boshqaruv kafedrasi katta o‘qituvchisi

2010-2013 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti qishloq xo‘jalik iqtisodiyoti va boshqaruv kafedrasi dotsenti

2013-2017 yy. - Samarqand ishloq xo‘jalik instituti qishloq xo‘jaligida menejment fakulteti dekani

2017-2018 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori

2018-2019 yy.  - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori

2019 y. - h.v.    – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari

John Doe

Hasanov Shavkat Tursunkulovich

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar buyicha direktor o‘rinbosari

Qabul vaqti: Dushanba-juma soat 10:00 dan 13:00 gacha
Telefon : +998915428137
Pochta : shavkat_hasanov@hotmail.com
Qiladigan vazifalari
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, filial Ustavi, jamoa shartnomasi va Vazirlik bilan filial o‘rtasidagi shartnomalarga muvofiq filial ilmiy ishlar faoliyatini boshqaruviga oid uning vakolatiga taalluqli masalalarni hal qilish;
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining normativ-huquqiy xujjatlarini, ko‘rsatmalarini amalga oshirish;
  • Muassasaning muammoli ilmiy laboratoriya, kafedra va boshqa ilmiy bo‘linmalarining faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish va nazoratini olib borish hamda ilmiy va  loyihalar va grantlarni jalb etish, tadqiqot ishlarining natijaviy samaradorligi yuzasidan muntazam monitoring olib borish, ishlab chiqarish korxonalari bilan innovatsion hamkorlikni yo‘lga quyish, innovatsiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish masalalarini hal qilish, ilmiy-texnologik ishlanmalarni turli yarmarka va ko‘rgazmalarda taqdimot etilishini ta’minlash;
  • Ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to‘plamlarini muassasa xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda muassasaning barcha ta’lim va ilmiy faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy va ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to‘ldirib borish bo‘yicha umumiy rahbarlikni olib borish;
  • Ilmiy, ilmiy-amaliy anjumanlarni rejalashtirish, tashkil etish va o‘tkazishni muvofiqlashtirish hamda boshqa tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlarda muassasa professor-o‘qituvchilari va xodimlarining qatnashishini ta’minlash, muassasada ilmiy maktablarni shakllanishiga ko‘maklashish, har qanday samarali ilmiy faoliyatni rag‘batlantirish ishlarini olib borish;
  • Muassasada magistratura, doktoranturani rivojlantirish orqali yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlanishini ta’minlash hamda muassasa xodimlarining o‘z vaqtida ilmiy unvonlarni olishiga va ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengashlarni ochilishiga ko‘maklashish;
  • Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko‘maklashish;
  • Xalqaro bo‘lim bilan hamkorlikda chet el grantlarining ilmiy tadqiqot qismi mavzusini va mazmunini shakllantirishda hamda tasdiqlashda qatnashish, barcha ilmiy tadqiqot ishlari, loyihalari va grantlarni bajarish, ilmiy anjumanlarni o‘tkazish monitoringini olib borish, yuqori tashkilotlar uchun barcha zarur hisobotlarni shakllantirish va taqdim etish;
  • Talabalar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, va nomdor stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;
  • Muassasada ilmiy faoliyatni rivojlantirish uchun zarur moddiy texnika bazasini yaratish, tegishli ilmiy asbob-uskunalar bilan ta’minlash va taqsimlash jarayonlarini boshqarish va muvofiqlashtirish;
Biografiya

Ma’lumoti: Oliy

1996 y. Samarqand qishloq xo‘jalik instituti

Ilmiy darajasi: dotsent

Ilmiy unvoni: iqtisodiyot fanlari doktori (DSc)                               

Mexnat faoliyati:

1991-1996 yy.- Samarqand qishloq xo‘jalik instituti talabasi

1996-2004 yy.- Samarqand qishloq xo‘jalik instituti «Menejment va marketing» kafedrasi O‘qituvchisi

2003-2004 yy.- Samarqand qishloq xo‘jalik instituti xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i

2004-2008yy.- Samarqand qishloq xo‘jalik instituti «Qishloq xo‘jalikiqtisodiyoti vaboshqaruv» kafedrasi assistenti(o‘rindoshlik asosida institut xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i)

2008-2011yy. -Samarqand qishloq xo‘jalik instituti  «Qishloq xo‘jalik iqtisodiyoti va boshqaruv»  kafedrasi dotsenti

2009-2011yy Germaniyaning Gissen universiteti “Xalqaro rivojlantirish va atrof-muhit tadqiqotlari markazi (ZEU)”tadqiqotchisi

2011-2015 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik institutining “Qishloq xo‘jalik iqtisodiyoti va boshqaruv”kafedrasi dotsenti (o‘rindoshlik asosida institut xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i)

2015 y-2018 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik institutining “Qishloq xo‘jalik iqtisodiyoti va marketing” kafedrasi dotsenti (o‘rindoshlik asosida institut xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i)

2018y-2019yy Samarqand veterinariya meditsinasi institutining “Agroiqtisodiyot va buxgalteriya hisobi” kafedrasi dotsenti

2019y-h.v.Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari