JALB ETILGAN SARMOYALAR VA GRANTLAR


Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida tashqi beg‘araz ko‘mak va xorijiy grant mablag‘larini jalb etish bo‘yicha chora tadbirlar rejasining ijro holati to‘g‘risidagi ma’lumot (2019-2020 o‘quv yili)

2019-2020 o‘quv yili davomida filial bo‘yicha jalb etilgan sarmoya va grantlar doirasida 2020 yilning aprel oyiga qadar quyidagi loyihalar amalga oshirildi hamda davom ettirilmoqda:

  1. 2019 yil oktyabr oyidan 2022 yil oktyabr oyigacha mo‘ljallangan Britaniya kengashi hamda O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda tashkil etilgan EMI (English medium instruction) loyihasiga 10000 AQSh dollari miqdorida sarmoya ajratilgan bo‘lib, ushbu loyihada filialning 5 nafar xodimi talabalarga mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o‘qitishni joriy qilish maqsadida qatnashmoqda. Loyiha Britaniya Kengashi tomonidan moliyalashtirilmoqda.
  2. 2020 yil 27-31 yanvar kunlari Jahon banki tomonidan 5000 AQSh dollari qiymatidagi Rossiyaning Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetida “Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarini oziq-ovqat siyosatida keys-stadi metodologiyasidan foydalanishni o‘qitish” (Training for University Professors in the use of the Case Study Methodology in Food and Nutrition Policy teaching programmes) bo‘yicha trening moliyalashtirildi. Loyiha doirasida 1 nafar filial xodimi ishtirok etdi va sertifikat bilan taqdirlandi.
  3. 2020 yil 13-22 fevral kunlari Yaponiyaning Xirosaki universitetida Yaponiya ilmiy va texnologiya agentligi tomonidan tashkil etilgan va moliyalashtirilgan  APHRODITE-3 loyihasi doirasida “Qor qoplamining o‘zgarishi va uni Shimoliy YEvrosiyo bo‘ylab modellashtirish” (International workshop on snow cover changes and its modeling over Northern Eurasia) mavzusidagi xalqaro seminarda filialning 1 nafar xodimi qatnashdi. Loyihaga 2600 AQSh dollari miqdorida grant ajratildi.
  4. Koreyaning KOICA dasturi doirasida 2021-2024 yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekistonda kartoshka ishlab chiqarishni ko‘paytirish va urug‘lik ishlab chiqarish tizimini rivojlantirishda salohiyatni oshirish” loyihasining konsepsiyasi tayyorlanib, Koreya hukumatiga taqdim etildi. Loyiha qiymati 5 million AQSh dollarini tashkil etadi.
  5. 2020-2023 yillarga mo‘ljallangan Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg Davlat Agrar universiteti tomonidan moliyalashtiriladigan YEvroosiyo mintaqasida ijtimoiy va gumanitar fanlararo ilmiy tadqiqotlarni olib borish doirasidagi 10000 AQSh dollarlik loyiha konsepsiyasi tayyorlanib, moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlantirish vazirligiga topshirildi.