ILMIY TADQIQOTGA OID E'LONLAR
E’LON
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 304-sonli qarori bilan Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim institutida ta’limning mustaqil izlanuvchilik shakli bo’yicha bir yilda 4 marotaba talabgorlarning hujjatlarini topshirish belgilangan.
Shu munosabat bilan Oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar joriy yilning 15 aprelidan 15 mayiga qadar http://phd.mininnovation.uz veb sayti orqali mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarni onlayn ro’yxatdan o’tkazish mumkinligini ma’lum qilamiz.