HORIJDA MALAKA OSHIRISH VA TA'LIM


Hamkorlik doirasida universitet professor-o‘qituvchilar tarkibining malaka oshirish kurslari yoki boshqa tadbirlarda ishtiroki haqida ma’lumot

  • 2019 yil oktyabr-noyabr oylarida 2 hafta davomida filial direktorining o‘quv va tarbiyaviy  ishlar bo‘yicha o‘rinbosari F.Ahrorov Kiprning Nikosiya universitetida “Osiyoda sog‘liqni saqlash tizimida injeneriya va unga bog‘liq sohalarda ta’limni professionalizatsiyalashni qo‘llab-quvvatlash loyihasi” doirasida malaka oshirishga yuborildi.
  • 2019 yilning 27-30 noyabr kunlari filial direktorining o‘quv va tarbiyaviy  ishlar bo‘yicha o‘rinbosari F.Ahrorov Germaniyaning Vayenshtefan-Trizdorf amaliy bilimlar universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Iqtisodiyot (Oziq-ovqat tizimlarini boshqarish) yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma bakalavriat dasturi taqdimoti, uni akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha shartnoma tuzish, yangi dasturlar bo‘yicha muzokaralar olib borish maqsadida mazkur universitetga tashrif buyurdi.
  • 2019 yil noyabr-dekabr oylari mobaynida filial direktorining ilmiy va innovatsion ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Hasanov Italiyaning Piza universitetida “Professor-o‘qituvchilar almashinuvi” dasturi doirasida bir oy malaka oshirdi.
  • 2020 yil 27-31 yanvar kunlari filial Xalqaro hamkorlik bo‘limi uslubchisi F.Saydullayeva Rossiyaning Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetiga oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarini oziq-ovqat siyosatida keys-stadi metodologiyasidan foydalanishni o‘qitish bo‘yicha trening (Training for University Professors in the use of the Case Study Methodology in Food and Nutrition Policy teaching rrogrammes)da ishtirok etdi.
  • 2020 yil 13-22 fevral kunlari filial direktorining ilmiy va innovatsion ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Hasanov Yaponiyaning Xirosaki universitetida Yaponiya ilmiy va texnologiya agentligi tomonidan tashkil etilgan APHRODITE-3 loyihasi doirasida “International workshop on snow cover changes and its modeling over Northern Eurasia (Qor qoplamining o‘zgarishi va uni Shimoliy YEvrosiyo bo‘ylab modellashtirish)” mavzusidagi xalqaro seminarda ishtirok etdi.