Samarqand veterinariya meditsinasi Epizootologiya, mikrobiologiya va virusologiya kafedrasi

 

Ushbu kafedra yaqinda tashkil qilinishiga qaramay uning tarixi boy bo’lib uzoq yillarga borib taqaladi. Epizootologiya, mikrobiologiya va virusologiya kafedrasi 2018-yilda tashkil topgan. Ushbu kafedra tashkil bo’lgunga qadar, alohida-alohida kafedralar sifatida 1929-1932 yillarda  V.S.Zarubkinskiy, V.I.Kulinich, Sh.X.Xojibekov, K.P.Chepurov, S.V.Kuznetsov, A.M.Axmedovlar asoschiligida tashkil etilgan. Mazkur kafedralarda turli yillarda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi, professor N.G.Shatoxin, professorlar Sh.T.Rasulov, I.I.Arxangelskiy, K.A.Arifjanov, M.P.Parmonov, dotsentlar I.M.Mamadjanov, Y.J.Jiyanov, X.K.Burxonova, B.D.To’laboyev, B.Y.Yarmatov, K.I.Ikramova, P.V.Bonko, E.I.Ibragimov, O.A.Berdniklar faoliyat ko’rsatganlar.

Mikrobiologiya, klinika va yuqumli kasalliklar epizootologiyasi bo’limida professor Sh.T.Rasulev, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan fan arbobi, professor N.G.Shatoxin, professor M.P.Parmonov lar raxbarlik qilganlar. Kafedraning mazkur bo’limida I.I.Arxangelskiy, N.M.Samorodov, Sh.N.Nurmuxammedov, X.K.Burxonova, B.Y.Yarmatov, K.I.Ikramova, X.K.Bozorov, S.M.Murodov, A.Y.Aberkulov va boshqalar salmoqli ijod qilib, hayvonlarning kolibakterioz, salmonellyoz, trixofitiya  kabi yuqumli kasalliklarga qarshi biopreparatlar ishlab chiqargan.

Bugungi kunda Epizootologiya, mikrobiologiya va virusologiya kafedrasi professor-o’qituvchilari 9 ta fandan bakalavrlarga “ Ta’lim to’g’risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida dars berishmoqda. Kafedrada o’quv-uslubiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar ham zamon talablari darajasida olib borilmoqda. Keying yillarda kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan  1 ta darslik, 4 ta o’quv qo’llanma, 4 dan ortiq uslubiy ko’rsatmalar va uslubiy qo’llanmalar, 20 ga yaqin ilmiy maqolalar chop etilgan.

Epizootologiya, mikrobiologiya va virusologiya kafedrasida talabalarning fanlarni yaxshi o’zlashtirishi  uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo’lib zamon talablariga mos ravishda faoliyat ko’rsatib kelayotgan ELISA va PSR laboratoriyalari mavjud bo’lib, ilmiy laboratoriyalar, amaliy mashg’ulotlar uchun jihozlangan xonalar, barcha turdagi laboratoriya hayvonlari, asbob-uskunalar, kompyuterlar, electron doska kabi yangi informatsion texnologiya vositalari, darslik va o’quv qo’llanmalar, uslubiy ko’rsatma va ko’rgazmali qurollar bilan yetarlicha taminlangan.

Kafedrada ilmiy-tadqiqot  ishlari hayvonlarning yuqumli kasalliklari yo’nalishi bo’yicha professor H.S.Salimov, dotsentlar Z.J.Shapulatova, X.K.Bozorov, A.A.Qambarov, D.I.Saydaliyev va boshqalar mikrobiologiya, epizootologiya va virusologiya fanlari bo’yicha  ilmiy tadqiqotlar olib borib borishmoqda.

         Hozirgi vaqtda kafedra jamoasi-kafedra mudiri, dotsent Z.J.Shapulatova, professor H.S.Salimov, dotsentlar, X.K.Bozorov, A.A.Qambarov, D.I.Saydaliyev, M.N.Mamatova, assistentlar,  U.X Ro’zikulova, A.S.Allazov, D.M.Boltayev, G.X.Mamadullayev, J.S.Nurgaliyeva, Z.E.Ro’ziyev, A.X.Bozorov, I.M.Butayeva, A.M.Xudoyberganov, O.I.Klichov, R.N.Eshkuvvatov hamjihatlikda o’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy tadqiqot va “ustoz-shogird”  ishlarida  samarali faoliyat ko’rsatmoqda.

 

Foydali saytlar

Veterinariya sohasining rivojlanishiga o'z hissalarini qo'shib kelayotgan hamkorlarimiz