AMALDAGI LOYIHALAR


Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida mavjud bo‘lgan halqaro loyihalar (2019-2020 o‘quv yili)

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali faoliyat yuritishni boshlagan paytdan xalqaro OTMlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik doirasida bir qator loyihalarni amalga oshirdi.

Ayni vaqtda, amalda davom etayotgan loyihalardan biri bu Britaniya Kyengashi hamda O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda tashkil etilgan EMI (English medium instruction) loyihasidir. 2019-2022 yillarga mo‘ljallangan ushbu loyiha maqsadi OTMlarda professor-o‘qituvchilarning ingliz tilida dars berish mahoratlarini oshirish, talabalarga mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o‘qitishni joriy qilishdan iborat. Loyiha doirasida filialning 5 nafar xodimlari – Sh.Hasanov, I.G‘aniyev, H.Xonqulov, Z.Abdullayev, B.Rofiyevalar ishtirok etib kelmoqdalar.