REKTOR TABRIGI


Ассалому алайкум!
Борлиқда баҳор нафаси кезаётган бир пайтда, юртимизнинг барча гўшаларида Янгиланиш ва яшариш айъёми - Наврўзи олам кўтаринки кайфият ва катта шодиёналар билан нишонланмоқда, шарқона ЯНГИ ЙИЛ яхши орзу - умидлар билан кутиб олинмоқда. Дарҳақиқат, халқимиз бу қутлуғ айъёмни чин маънода соғинган эди, десак хато бўлмайди. Вазият тақозосига кўра, ўтган йилда ҳалқимиз бу кунни кўнгилдагидек байрам қилолмаган эди. Наврўзни соғинган кўнгиллар бу йил ҳақли равишда байрам қилмоқда, бугунги ёруғ кунларга шукрона айтмоқда.
Наврўз сайли жойларда Карантин қоидаларига мувофиқ, ижтимоий масофа сақланган ҳолда кўтаринки кайфият ва шод - ҳуррамлик билан ўтказиляпти.
Бутун Ўзбекистон халқини, барча касбдаги мамлакатимизнинг фидойи ва заҳматкаш фуқароларини, профессор ўқитувчиларни ва талаба ёшларни қутлуғ айъём билан Самарқанд Ветеринария медицинаси институти жамоаси номидан муборакбод этаман!
Наврўз юртимизга хайру барака, ризқ рўз ва тинчлик - ҳотиржамлик олиб келсин!
Юртимиз ҳамиша тинч, осмонимиз мусаффо, халқимиз шоду ҳуррам бўлсин!

Samarqand Veterinariya medisinasi instituti rektori X.Yunusovning xotin-qizlarga bayram tabrigi

Har birimizning hayotimizda ayollarning o’z o’rni bor. Onajonimiz, opa – singillarimiz, rafiqamiz, hamkasb ayollar. Ular hamisha hurmat – ehtiromga, bizning e’tiborimizga eng munosib, eng loyiq insonlardir.  Faqat bayramlarda emas, kundalik turmushimizda ham ularni e’zozlashimiz zarur.Ayni kunda Samarqand Veterinariya medisinasi institutida faoliyat ko’rsatuvchi professor - o’qituvchilar va ishchi – xodimlarning deyarli 40 foizini ( 39.2) ayollar, xotin qizlar tashkil etadi. Ular orasida mamlakatimizda taniqli bo’lgan olimalar, veterinariya sohasi mutaxassislari va qishloq xo’jaligi fidoyilari, yuksak davlat mukofotlari sohiblari borligini e’tirof etish lozim.   Inson sifatida, hamkasb sifatida juda iqtidorli, yuksak intellektual salohiyatga ega ayollar bilan ishlashga to’g’ri kelgan, iste’dodli, tirishqoq talaba – qizlarim, shogirdlarim bo’lgan va hozir ham shunday. Men erkak kishi yoki rahbar sifatida ularning nozik didi va farosatiga, tanlagan sohasi va yo’nalishini chuqur anglashlari va fidoyilik bilan ishlashlariga hamisha tan berganman. Ilm yo’li juda nozik va unda turli qiyinchiliklar, mashaqqatlar bo’lishi turgan gap. Nozik jins vakillari deya e’tirof etiladigan ana shu munis ayollarimiz bu yo’lda o’zlarining yuksak insoniy fazilatlari, chuqur bilimi va imon-e’tiqodi bilan hamisha hammamizga o’rnak bo’lib kelishgan. Ha, ayollarimiz ana shunday bebaho! Ular uyimizning chirog’i, bizni hamisha yuksak ishlarga ruhlantiruvchi ilhom farishtasi! Ularning borligi, yonimizdaligi bizga har doim kuch beradi. Aziz ayollar! Olima hamkasblarim, opa – singillarim va Talaba qizlarim! Barchangizni bayram bilan muborakbod etaman!
Oilaviy baxt, ishlaringizda rivoj tilayman!
Har doim sog’-salomat bo’ling!

 

Sizga katta hurmat va ehtirom bilan                              
Hudaynazar Yunusov
Biologiya fanlari doktori, professor
SamVMI rektori