AXBOROT TEXNOLOGIYALARI MARKAZI


Axborot texnologiyalari markazi boshlig'i
Karimov Tolib Inoyat o'g'li

Qabul vaqti Dushanbadan jumagacha, har ish kuni soat 9:00 dan 11:00 gacha, Bosh bino, 3-qavat, 118-xona.
 Telefon +99866-234-07-87
Elektron pochta tolib.karimov.90@mail.ru

Axborot tizimlarini joriy etish bo’limi boshlig’i.

Qandaharov Jamoliddin Arip o’g’li

 Telefon 93-340-66-93
Elektron pochta qandaharov91@mail.ru
 

Ilmiy darajasi: Tarmoqlarni boshqarish bo’limi boshlig’i

Nishonov Suxrob Isomiddinovich

 Telefon 93-725-88-74
Elektron pochta suxrob93@mail.ru

Ilmiy darajasi: Muhandis dasturlovchi 1-toifali.

Uzakov Erkin Panjinevich

 Telefon 93-341-29-10
Elektron pochta atmsamvmi@mail.ru
 

   

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti "Axborot texnologiyalari markazi"
NIZOMI

Asosiy qoidalar
- «Axborot texnologiyalari» markazi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 23.05.2001 yildagi 230-sonli qarori asosida tashkil etildi.
- Markaz o'z faoliyatini amaldagi O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining buyruq va farmoyishlari, hay'at qarorlari va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
- Markaz faoliyati institut rektori tomonidan muvofiqlashtirilib boriladi.
- Markazning moliyaviy faoliyati institutning byudjet va byudjetdan tashqari mablag'lari evaziga olib boriladi.
- Markaz boshlig'i institut rektorining buyrug'i bilan tayinlanadi.
- Markaz institutning tarkibiy bo'linmasi hisoblanadi (manzili Samarqand shahar, Mirzo Ulug'bek ko’chasi, 77-uy. Samarqand veterinariya meditsinasi instituti).
Markazning maqsad va vazifalari.
- Institutut ish faoliyatiga va o'quv jarayoniga yangi axborot texnologiyalarini qo'llash va doimiy boyitib borish;
- Yangi axborot texnologiyalari va masofaviy o'qitish bo'yicha elektron ilmiy, uslubiy qo'llanmalar va darsliklarni yaratishda amaliy yordamlar ko'rsatish, hamda ularni Internet - xalqaro axborot tizimlari bo'yicha tarqatishni yo'lga qo'yish;
- Professor-o'qituvchilar, tadqiqotchilar, iqtidorli talabalarni kompyuter va informasion texnologiyalar bo'yicha savodxonligini oshirish maqsadida kurslar tashkil etish;
- Professor-o'qituvchi xodimlar, tadqiqotchilar va talabalar uchun kompyuter va axborot texnologiyalari manbalaridan, Internet - xalqaro axborot tizimlaridan unumli foydalanishni yo'lga qo'yish;
- Amaliyot va laboratoriya darslarini multimediya va kompyuter tizimlari orqali innovatsion va virtual laboratoriya dasturlar ta'minotini yaratish ishlarida amaliy yordam ko'rsatish va uni tashkil qilish;
- Turli xil dasturlar yaratish va ularni tadbiq etish;
- Kompyuter tarmog'ini tashkil qilish;
- Axborot o'zatish va qabul qilish vositalaridan (Internet, elektron pochta, modem aloqa va shu kabi bosh.) foydalanish ishlarini amalga oshirish;
- Axborot texnologiyalari bo'yicha Respublika va xorijiy o'quv muassasalari va ilmiy tekshirish markazlari bilan hamkorlikda ilmiy izlanish ishlarini olib borish, internetdan foydalanib xorijiy davlat oliy o'quv yurtlari bilan aloqa o'rnatishni yo'lga qo'yish;
- O'quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishni kompyuterlashtirish va yagona axborot makonini yaratish, mashg'ulotlar o'tkazish sifatini markazlashgan holda masofadan nazorat qilishni amalga oshirish;
- Axborot texnologiyalari uchun zarur bo'lgan texnik vosita va jixozlarni zamon talablari asosida yangilab turish;
- Oliy ta'lim tizimiga yangi axborot texnologiyalarini joriy etish;
- Axborotlar bazasini yaratish va ularni doimiy ma'lumotlar bilan yangilab borish;
- Institutdagi barcha fakultetlar, kafedralar va bo'limlarni umumiy tarmoqqa birlashtirishni amalga oshirish;
- Institutning rasmiy WEB-sayti (Veb-sahifasi) ni yaratish va uni doimiy yangi ma'lumotlar bilan yangilab borish;
- Buyurtmalar bo'yicha Veb sahifalar yaratish, dasturlar ta'minotini tuzish, kompyuter texnikalarini sozalash va ishga tushirish bo'yicha pullik servis xizmatini ko'rsatish;
- Talabalar bilimini nazorat qilishni tashkil etish va uning monitoringini olib borish.
- Institutda tashkil etiladigan jamoatchilik tadbirlarida ishtirok etish;
- Markaz faoliyati doirasida axborot jarayonlari va masofaviy ta'lim tizimini rivojlantirish borasida takliflar bilan institut ilmiy - uslubiy kengashlarida ishtirok etish;
- Axborot texnologiyalari bo'yicha yangiliklarni, elektron qo'llanmalarni belgilangan tartibda o'quv tizimiga joriy qilish;
- O'zbekiston Respublikasining qonunlariga rioya qilgan holda, Nizom maqsadlarini bajarish uchun markaz faoliyatidan kelib chiqqan holda axborot texnologiyalari va masofaviy ta'lim tizimi, kompyuter savodxonligi, internet va elektron pochta tizimlaridan foydalanish bo'yicha yuridik va jismoniy shaxslarga pullik xizmat ko'rsatish, bo'limlar tashkil kilish;
- Axborot texnologiyalari bo'yicha markaz faoliyatini rivojlantirish maqsadida boshqa oliy o'quv yurtlar va chet el universitetlari bilan aloqalar o'rnatish, uchrashuvlar o'tkazish va ishtirok etish;
- Markaz va bo'limlarga qarashli kompyuter texnikasidan maqsadli va unumli foydalanishni nazorat qilib borish;
Kompyuter majmualariga mas'ul shaxslarning huquqlari va majburiyatlari.
1. Kompyuter sinfi operatori yoki boshqa xonalardagi kompyuterlar uchun mas'ul shaxslar kompyuter sinflari yoki kompyuter turgan xonadagi texnik jihozlar va dasturiy ta'minot uchun, hamda tartib - intizom, mebel jihozlari va ozodagarchilik uchun javobgardir.
2. Kompyuterlarda bajariladigan barcha ishlar shu kompyuter joylashgan kompyuter sinfi operatori yoki mas'ul shaxs boxabarligida va roziligida amalga oshiriladi.
3. Kompyuterlar majmuasiga mas'ul shaxslar kompyuter sinfida yoki boshqa kompyuter texnikasi turgan xonalarda tartibni buzgan shaxslarga nisbatan “Ichki nizom” va Rektor buyruqlari asosida ma'muriy chora ko'rish huquqlariga ega.
4. Kompyuterlar majmuasiga mas'ul shaxslar dasturiy ta'minotdan foydalanish, uni qayta tiklash va o'rnatish ko'nikmalarga ega bo'lishi kerak.
5. Kompyuterda saqlanayotgan ma'lumotlarni va dasturiy ta'minotni “Kompyuter virus”laridan himoya qilish va “virus”langan dasturiy ta'minotni qayta tiklash ko'nikmalarga ega bo'lishi kerak.
Kompyuter majmualaridan foydalanish qoidalari:
1. Komyuter sinflaridagi darslarga talabalar faqat o'qituvchi boshchiligida qo'yiladilar.
2. Talabalarga dars rejasida kursatilgan dasturiy ta'minotdan foydalanishga ruxsat beriladi.
3. Kompyuter sinflarida kompyuter operatori ruxsatisiz begona texnik jihozlaridan (SD disketa, fleshka va h.k) foydalanish qat’iyan ta’qiqlanadi.
4. Kompyuter sinflarida ichki tartib qoidalarini buzgan va buning natijasida mebel, texnik jihozlariga yoki dasturiy ta’minotga zarar keltirilgan hollarda, ushbu jihozlarni qayta tiklash, almashtirish yoki qayta o'rnatish bilan bog’liq bo'lgan xarajatlar aybdor shaxsdan to’liq undirib olinadi, begona qurilma va texnik jixozlar musodora qilinadi.
- Oliy ta’lim muassasining axboratlashtirish sohasidagi yagona texnikaviy siyosatini olib borish;
- Yangi axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga joriy etish;
- Sifatli va kafolatli o’z faoliyatini amalga oshirish va xizmat ko’rsatish;
- Oshkor qilinishi mumkin bo’lmagan axborotlarni sir saqlash;
- Moddiy texnika baza va jixozlarni boyitib borish va saqlashni ta’minlash.
Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- Institut ish faoliyatida kompyuter texnologiyalarini joriy etish;
- O’quv jarayonida kompyuter texnologiyalarini joriy etishda texnik xizmat ko’rsatish;
- Institutdagi mavjud kompyuter texnikalarining texnik holatini nazorat qilish va yangi zamonoviy texnikalar bilan boyitib borish;
- Institutdagi mavjud kompyuterlarni talab darajasidagi dasturlar bilan ta’minlash;
- Institut lokal kompyuter tarmog’i ish faoliyatini ta’minlash;
- Institutda ta’lim jarayoni faoliyatini avtomatlashtirish resurs bazasini tashkil etish,
- Yuqori tashkilotlardan kelgan elektron hujjatlarni o’z vaqtida olish va institut ma’muriyatiga o’z vaqtida yetkazib turish;
- Elektron hujjatlarni tegishli elektron manzillarga o’z vaqtida yuborish;
- Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi portalidagi institut pasportini doimiy ravishda yangilab borish;
- Institut veb saytini tuzish va uni yangilab borish;
- Talabalar, xodimlar va professor-o’qituvchilarning internetdan samarali foydalanishini ta’minlash;
- O’quv jarayonida kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil etish;
- Elektron variantdagi darslik va qo’llanmalar yaratib o’quv jarayoniga tadbiq etish;
- Ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash.
Institutda 700 dan ortiq kompyuterlar mavjud bo’lib, ularning ko’p qismi o'quv jarayonida bevosita foydalanilmoqda. Shuningdek 12 ta kompyuter sinfi ishlab turibdi. Institut lokal kompyuter tarmog'iga 520 ta kompyuter tugunlari bog'langan bo'lib, ular bevosita internetga ulangan va undan talabalar, tadqiqotchilar va professor-o'qituvchilar doimiy ravishda foydalanib kelmoqdalar.