Xabar-Institut Yangiliklari

image description

SIZ O‘ZBEKISTON TARIXINI BILASIZMI?

Ma’lumki, tarix fani xulosalaridan foydalanish, muayyan davlatning, millatning taqdirida, kelajagida o’ta muhim ahamiyatga ega. Ushbu jihatni muayyan davlatda tarix fani qaysi ijtimoiy guruh, hukimron mafkurani o’z maqsadi yo’li tarixni o’qitishda qaysi metodologiyadan foydalanishiga bog’liq. Agar tarixga nazar tashlasak, tarix xulosalaridan qaysidir hukmron ijtimoiy guruhlar foydalanish uchun tarix fanini o’z izmiga bo’ysindirgan. Masalan, diniy aqidaparastlik kuchayib, sulolaviy nizolar avj olgan xonliklar davrida tarixni yozishdan o’qitishdan ikkita maqsad ya’ni birinchisi, yoshlar ongiga diniy aqidaparastlikni mustahkam singdirish uchun islom dini tarixini o’qitishga asosiy e’tibor qaratilgan bo’lsa, ikkinchidan, aksariyat  hukmdorlar o’z nomini tarixda qoldirish uchun o’zini maqtab (ba’silari bunga arzimasa ham) asarlar yozdirgan. Masalan Buxoro ashtarhoniylar sulolasini so’nggi xoni Abulfayizxonni haqiqatda chiqargan farmonlari saroydan tashqariga ta’sir qilmagan “qo’g’irchoq hukimdor” bo’lsada, uni buyuk hukmdor sifatida madh etuvchi “Abdulfayzxon  tarixi” deb nomlanuvchi asar yozdirgan. Faqatgina jadid “munavvarlari” yoshlarga xalq tarixini o’qitish zarurligini, tarixini o’qitish ziyoli, savodli bo’lishida, shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik, milliy g’oya rihida tarbiyalashda ustuvor ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab ushbu fanni o’qitish tashabbusi bilan chiqqanlar. Markaziy Osiyodagi dastlabki tizimlashgan davlatlar va xalq tarixi Mulla Olim Maxdumxo’jani “Tarixi Turkiston” asari bolib, ushbu asar manba sifatida hozirgi kungacha o’z ahamiyatini yo’qotgan emas. Chor Rossiyasisi mustamlakachilari esa Turkiston tarixini yoritishda hududni “Rus Turkistoni” ekanligiga urg’u berib, mustamlakachilar  manfaati nuqtai-nazaridan yoritishgan. Bu holatni “Туркестанскийсборник”, “Туркестанскийальбом” va ushbu davrga oid boshqa manbalar tahlilidan anglashimiz mumkin. Nihoyat sovet mustamlakachiligi davriga kelganda tarixni tadqiq etish va o’qitishdan ikkita asosiy maqsad ko’zlangan edi. Birinchisi, yoshlar ongiga aldamchi, ammo jozibador kommunistik mafkurani singdirish uchun asosiy e’tiborni kommunistik partiya tarixiga qaratish bo’lsa, ikkinchidan “katta og’a” hisoblangan Rossiya tarixiga ularning milliy qahramonligiga asosiy e’tibor qaratilgan. O’zbekiston tarixiga esa bor- yo’g’i 17 soat ajratilib, u ham ba’zan o’qitilmas, uni o’qitilishidan manfaatdor siyosiy hokimiyat ham yo’q edi. Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov ta’kidlaganidek, yoshlarimiz Buyuk Pyotirni,  Aleksandr Nevskiyni juda yaxshi bilar edi ammo o’z  ajdodlari bo’lgan jaxon tarixida yuqorida ta’kidlangan shaxislardanda sezilarli iz qoldirgan o’z ajdodlarimiz Sohibqiron Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi haqida deyarli hech narsa bilmas edi. Faqatgina mustaqillik yillaridagina Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimovning tashabbusi bilan Vatan tarixini har qanday mafkuraviy bosimlardan xoli eng yangi va keng qamrovli manbalar asosida tadqiq etish boshlandi. Masalan, 1998- yilning 26- iyunida   I. A. Karimov mamlakatimizning bir guruh yetakchi tarixchi olimlari bilan uchrashib ular oldiga yuqorida ta’kidlangan vazifalarni qo’ydi. Darhaqiqat, mustaqillik yillarida Vatan tarixini o’qitish barcha bo’g’indagi ta’lim muassasalarida joriy etilib, ushbu fandan Davlat imtixonlari topshirilishi joriy etildi.Maktablarda ushbu fanni o’qitishga ajratilgan soatlar miqdori 17-soatdan 360-soatga ko’paytirilib, xolislik, tarixiylik kabi metadologiyalar ustivorligi ta’minlandi. Shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik milliy g’oya ruhida tarbiyalshda, ularni davlat va jamiyat haqidagi tushunchalarini hamda siyosiy bilimlarini oshishida ushbu faning o’rni beqiyosdir. Shu bilan birgalikda, ushbu fandan dars berayotgan o’qituvchi mutaxassisga qo’yiladigan talablar bo’lishi zarurki, agar ushbu talablarga amal qilinmasa o’tiladigan darsdan qo’yilgan maqsad amalga oshirishdagi ta’siri yetarli bo’lmaydi. Chunki bugungi kunda “ tarixchi” mutaxassisi bo’lishni emas, boshqa maqsadlarni mo’ljallab ushbu fakul’tetni bitirganlarni ham tarixchi sifatida auditoriyaga kiritib bo’lmaydi. Chunki talabga javob bermaydigan o’qituvchini o’tgan darsi foydadan ko’ra zarar yetkazishi mumkin. Shuningdek, sobiq savet mafkurasiga, buyk rus shovinizimiga sig’inadigan, faoliyatidan faqat moddiy manfaatini ko’zlagan, o’zbek xalqiga nopisand qaraydigan kimsalarni ham faoliyatini chuqur tahlil qilish zarur. Chunki ularni faoliyati ham foydadan ko’ra ulkan zarar keltirishi mumkin. Ushbu fandan dars beradigan o’qituvchini qalbida eng avvalo ,Vatanga o’z xalqiga cheksiz muhabbat, uning kelajagi uchun qayg’uradigan, shunigdek, nafaqat tarixni boshqa ijtimoiy fanlarni  jumladan, falsafa, siyosatshunoslik fanlarimi chuqur bilimdoni hamda dars davomida yangi pedagogik va axborot texnalogiyalarni mahorat bilan qo’llay oladigan pedagogik mahoratga, adabiy tilda ravon so’laydigan notiq bo’lishi zarur deb, hisoblayman. Shundagina ushbu fandan ko’zlangan maqsadga erishish mumkin.

Xulosa shuki, bugungi globallashuv jarayonida turli axborot xurujlari kuchayib borayotagn davrda Vatanimizni xavfsizligini ta’minlashda, yoshlarni turli diniy eksterimistik oqimlar ta’siridan saqlashda, ularni irodasini mustahkam, Vatanga o’z xalqiga sadoqatli, ma’suliyatli, insonparvar qilib tarbiyalashda Vatan tarixini o’rni beqiyos bo’lib, ushbu faninig ta’sirchanligini oshirish esa dolzarb ahamiyatga ega.   

 

 

TOYIROV ALISHER ERGASHEVICH,

SamVMI, DOTSENTI, t.f.n, OʻZMTDP faoli.

Foydali saytlar

Veterinariya sohasining rivojlanishiga o'z hissalarini qo'shib kelayotgan hamkorlarimiz