E'lonlar

TAYANCH DOKTORANT VA DOKTORANT - IZLANUVCHILAR FAOLIYATI TAHLIL ETILDI

TAYANCH DOKTORANT VA DOKTORANT - IZLANUVCHILAR FAOLIYATI TAHLIL ETILDI

TAYANCH DOKTORANT VA DOKTORANT - IZLANUVCHILAR FAOLIYATI TAHLIL ETILDI

Samarqand Veterinariya medisinasi institutida ayni kunda ta’limni davom ettirayotgan va shu bilan birgalikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan 2 va 3 kurs tayanch doktorant (PhD) va doktorant (DSc) izlanuvchilar bilan navbatdagi yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig’ilishni institut Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo’yicha prorektori, veterinariya fanlari doktori, professor A.S.Daminov olib bordi.

Ilmiy munozaralar tarzida tashkil etilgan tadbirda doktorantlar dasturlarida belgilangan ishlarning bajarilish holati muhokama etilib, yosh tadqiqotchilar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning joriy yil 14 yanvarda muhokamaga qo’yilgan “Ilmiy darajali kadrlar tayyorlash va oliy ta’limdan keyingi ta’lim sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida ID-27706” qarori bilan tanishtirilib o’tildi. 

 

Bundan tashqari, olib borilayotgan ilmiy ishlarning natijalari xususida ilmiy maqolalarni chop etish bo’yicha muammo va takliflar o’rganilib, tahlil etildi.

 Samarqand Veterinariya Medisinasi  Instituti Axborot xizmati