E'lonlar

“TA’LIMNING UZLUKSIZLIGI TA’MINLANSA, PROFESSIONAL KADRLAR TAYYoRLANIShI KAFOLATLANADI” Bu haqida SamVMIda bo’lib o’tgan o’quv seminarida ta’qidlandi

“TA’LIMNING UZLUKSIZLIGI TA’MINLANSA, PROFESSIONAL KADRLAR TAYYoRLANIShI KAFOLATLANADI” Bu haqida SamVMIda bo’lib o’tgan o’quv seminarida ta’qidlandi

“TA’LIMNING UZLUKSIZLIGI TA’MINLANSA, PROFESSIONAL KADRLAR TAYYoRLANIShI KAFOLATLANADI” Bu haqida SamVMIda bo’lib o’tgan o’quv seminarida ta’qidlandi

Koronavirus pandemiyasi kishilik jamiyatining barcha sohalarida katta o’zgarishlarni sodir etmoqda. Yillar davomida shakllangan qadriyatlar, an’analar,  ba’zi qarashlar o’zgardi. Hatto yakuniy to’xtamga kelingan ayrim masalalar ham ayni kunda vaziyat taqozosiga ko’ra, qaytadan ko’rib chiqilmoqda. Bugun bir narsa aniq, barcha muammolarning yechimi faqat ilm-fanda. Insoniyat shu kungacha orttirgan barcha bilimlarini bir maqsad yo’lida birlashtirishi, ilm - fan yutuqlaridan ezgulik maqsadlarida foydalanishi lozim. Aynan shu masalada esa, kadrlar salohiyati juda muhim o’rin tutadi. Bugungi raqobatlashgan muhitda professional mutaxassis kadrlarni yetishtirish uchun ularga maktab ta’limi davridan boshlab e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. 

 

 

Samarqand Veterinariya medisinasi institutida O’zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo’mitasi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Samarqand viloyat hokimligi bilan hamkorlikda “Professional ta’limda maqsadli yo’naltirish orqali ta’lim – tarbiya uyg’unligini ta’minlash kelajak poydevoridir” mavzusida o’quv seminari bo’lib o’tdi. Seminarda Pastdarg’om, Urgut, Jomboy, Bulung’ur, Narpay va Samarqand tumanlaridagi umumta’lim maktablarining mutaxassislik fanlari o’qituvchilari va maktab direktorlari, SamVMI qoshidagi akademik lisey, kasb –hunar kolleji va texnikumlarning mutasaddi rahbarlari ishtirok etishdi. 

 

 

O’quv seminarini SamVMI rektori, professor Hudaynazar Yunusov ochib berdi va mehmonlarni tanishtirib, seminarning maqsadi haqida o’z fikr mulohazalari bilan o’rtoqlashdi. Institutda shu maqsadda tashkil etilgan Fanlar uyushmasi va uning faoliyati haqida to’xtalib, ilg’or zamonaviy tajribalar asosida tashkil etilgan mazkur uyushmaning vazifasi, faoliyat yo’nalishlari va undan kutilayotgan ijobiy natijalar xususida tadbir ishtirokchilariga gapirib berdi.  

 

Mamlakatimiz miqyosida amalga oshirilayotgan mazkur yirik loyihada, ya’ni oliy ta’lim muassasalarining umumta’lim maktablari bilan hamkorligida ta’limning yana bir o’rta bo’g’ini kasb hunar ta’limi, ya’ni akdemik lisey va texnikumlarning ishtiroki ham muhim ahamiyat kasb etishi shubhasizdir. Negaki iqtidorli yoshlar maktabdan akademik liseyda, texnikumda, so’ngra  oliy ta’lim muassasasida o’z qiziqishlari bo’yicha ta’lim – tarbiya oladigan bo’lishsa, samaradorlik yanada yuqori bo’lishi, ta’limning uzluksizligi ta’minlanishi mumkin.  
Bu esa kutilgan natijaga ancha yaqinlashtiradi. Seminar ishida Institut qoshida tashkil etilgan Texnikumlar faoliyatini samarali yo’lga qo’yishning istiqbollari, ularda mutaxassislik fanlarini o’qitish bo’yicha tavsiyalar muhokama etildi.  

 

Oliy ta’lim muassalarida joriy etilgan yangi  kredit modul tizimi haqida tadbir ishtirokchilariga ma’lumot berildi. Shuningdek, 2030 yilgacha mamlakatimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarining 85-90 foizi, jumladan, 2020/2021 o’quv yilining o’zida 33 ta oliy o’quv yurtini kredit-modul tizimiga o’tkazish ko’zda tutilganligi,  joriy o’quv yilidan boshlab, mamlakatimizdagi 33 ta OTM, jumladan Samarqand Veterinariya medisinasi institutida ham bu tizim yo’lga qo’yildi. 
Kredit-modul tizimi, bu — ta’limni tashkil etish jarayoni bo’lib, o’qitishning modul texnologiyalari va kredit o’lchovlari asosida baholash mezoni hisoblanadi. Kredit-modul tizimi talabalarning mustaqil ishlashini va ularning bilimi reyting asosida baholanishini ta’minlaydi. Mazkur ta’lim shakli yoshlardan ko’proq mustaqil shug’ullanishni, o’z ustida ishlashni talab etadi. Bu ko’nikma esa ularda yoshlikdan, ya’ni maktab davridan shakllantirilishi lorzimligi aytildi va bunda o’qituvchining roli katta ekani e’tirof etildi.  

 

“ - O’quv seminarlari tashkil qilishdan oldin biz viloyatdagi o’nlab maktablar hayoti bilan yaqindan tanishdik, maktab rahbarlari, fan o’qituvchilari bilan suhbatlashdik. To’g’ri, hamma joyda ham shart – sharoitni yaxshi deb bo’lmaydi. Moddiy – texnik bazasi o’ta nochor maktablarni ham uchratganimiz rost. Ammo, asosiysi, o’qituvchilarda o’z fanini o’qitishga, yaxshiroq o’qitishga bo’lgan ishtiyoqni sezmaslik mumkin emasdi. Ularga biroz metodik, uslubiy ko’mak berilsa, o’z hamkasblari bilan kengroq miqyosda muloqot qilishlariga, tajriba almashishlariga, malaka oshirishlariga imkon berilsa, ular o’quvchilarga yana ham yaxshiroq bilim berishlari mumkin. Biz ularga ana shu imkoniyatni yaratib bermoqchimiz. Fanlar Uyushmasi shu maqsadda tashkil etildi, - deydi SamVMI prorektori Alibek Gapparov. 

 

 O’quv seminarida Viloyat hokimligi ijtimoiy soha bo’yicha kotibiyat mudiri S.Ilmurodov, Viloyat Halq ta’limi boshqarmasi bo’lim boshlig’i F. Boltayevlar ishtirok etishdi. S.Ilmurodovning e’tirof etishicha, viloyatda, qolaversa respublikada birinchilar qatori SamVMI da tashkil etilgan  Fanlar Uyushmasi yaqin kelajakda o’zining ijobiy samarasini beradi. Shuningdek, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi xam bu loyihani qo’llab - quvvatlashga tayyor.

 

Seminar ishi alohida mutaxassislik fanlari bo’yicha sho’balarga bo’lingan holda ertaga ham davom ettiriladi. 

SamVMI Axborot xizmati