E'lonlar

“BIZ OITSGA QARShIMIZ!” SAMVMIda mavzu doirasida onlayn konferensiya bo’lib o’tdi

“BIZ OITSGA QARShIMIZ!” SAMVMIda mavzu doirasida onlayn konferensiya bo’lib o’tdi

“BIZ OITSGA QARShIMIZ!” SAMVMIda mavzu doirasida onlayn konferensiya bo’lib o’tdi

Har yili dunyo ahli 1 - dekabr sanasini “OITS ga qarshi butunjahon kurash kuni” sifatida keng nishonlaydi. Bu xastalikka chalinish hollari keyingi yillarda dunyo miqyosida tez sur’atlarda o’sib borishi bilan uning uning xavfi ham ortib bormoqda. Ayniqsa yoshlar va bolalarni bu illatdan asrash insoniyat oldida turgan global muammolardan biridir.

  Statistik ma’lumotlarga ko’ra, ushbu kasallikni keltirib chiqaruvchi omillardan eng asosiysi nosog’lom turmush tarzidir. Samarqand Veterinariya medisinasi institutida bo’lib o’tgan mavzu doirasidagi onlayn videokonferensiyada shu haqida fikr –mulohazalar yuritildi.

 

 

Tadbir Viloyat OITSga qarshi kurashish markazi, viloyat Narkologiya dispanseri bilan hamkorlikda tashkil etildi. 

Unda so’z olgan Viloyat OITSga qarshi kurashish markazi vrach –epidemiologi M.Burxonov kasallikning kelib chiqish tarixi, Virusning tuzilishi, OIV yuqish ehtimoli va uning yuqish yo’llari, OIV infeksiyasini klinik belgilari va kechishi, uning bochqichlari, kasallikdan qanday saqlanish mumkinligi, mamlakatimizda faoliyat ko’rsatayotgan OITS ga qarshi kurash markazlari va ularning faoliyati haqida tadbir ishtirokchilariga ma’lumot berdi. 

 

Inson o’limiga olib boruvchi bu xastalik ko’p hollarda giyohvandlik, nosog’lom turmush-tarzi, gohida gigiyena qoidalariga amal qilmaslik natijasida yuqish holatlari yuz berishi mumkinligi tushuntirib o’tildi. Mavzu bo’yicha tayyorlangan slaydlar orqali uning ayanchli oqibatlari talabalarga namoyish etildi.

 

 

Viloyat Narkologiya dispanseri shifokori N.Negmatovaning so’zlariga ko’ra, Bu kasallikni yuqtirib olganlarda organizmning kurashuvchanlik xususiyati yo’qoladi, ya’ni xastalik avvalo immun tizimini ishdan chiqaradi. Organizmning viruslar bilan mahf etilishi natijasida immun tizimi o’z vazifasini bajara olmaydi. Natijada inson har qanday tashqi ta’sirga sezuvchan bo’ladi. Uni yuqtirib olgan odamda oddiy kasalliklar ham og’ir kechadi. Organizmning kurashuvchanligi yo’qolishi bois yondosh kasalliklar rivojlanib boraveradi. Shu bilan birga OITSda sababsiz uzoq davom etuvchi yo’tal, qisqa vaqt ichida keskin ozib ketish, haroratning sababsiz ko’tarilishi, uzoq vaqt ich ketishi, og’iz bo’shlig’i va turli a’zolar yallig’lanishi, xavfli o’smalar rivojlanishi kabi belgilar namoyon bo’lishi ham aytib o’tildi.

 

 

SamVMI psixologi Z.Boboqulov tomonidan kasallikka chalingan kishilarda qanday ruhiy o’zgarishlar sodir bo’lishi, tushkunlikdan qanday xolos bo’lish va kasallikka qarshi kurashish borasida tavsiya va maslahatlar berildi. 

 

 
 

Tadbirda talabalar va ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat etdilar. 

 

SamVMI Axborot xizmati