Xabar-E'lonlar

image description

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 noyabrdagi PQ-3365-son va 2017 yil 30 noyabrdagi PQ-3416-son qarorlarining tegishli bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 noyabrdagi PQ-3365-son va 2017 yil 30 noyabrdagi PQ-3416-son qarorlarining tegishli bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek “Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarda (markazlar, universitetlar va boshqalar), ilmiy laboratoriyalarning ishlash metodikasini o‘zlashtirish uchun qisqa va muddatli ilmiy amaliyotlarga yuborish maqsadida ularni tanlov asosida saralash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan 2019 yilning 25 iyuniga qadar ilmiy amaliyot o‘tashga tavsiya qilinuvchi nomzodlar ro‘yxati va ular to‘g‘risidagi ma’lumot (xujjat)larni 1-va 2-ilovalarga muvofiq Institutnig Xalqaro hamkorlik bo‘limiga taqdim etishingiz so‘raladi.
    Qo‘shimcha tarzda, tanlovni o‘tkazish bilan bog‘liq tartib va talablar bilan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining rasmiy veb-sahifasi www.mininnovation.uz da tanishish mumkin.

1-ilova

Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarda qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish uchun taqdim etilishi zarur bo‘lgan xujjatlar ro‘yxati.

    Ilmiy stajirovka o‘tashga nomzodlarning xujjatlari ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari bevosita bo‘ysunuvchi vazirlik yoki idoralarning (bundan buyon matnda buyurtmachi deb yuritiladi) rasmiy xati asosida Vazirlikka quydagi xujjatlar taqdim etiladi:
    Mazkur Nizom ilovasiga muvofiq shakldagi ilmiy stajirovka rejasi(2-ilova);
    Ilmiy-tadqiqot yoki oliy ta’lim muassasasining Ilmiy kengashi qarori;
    Xodimi yosh olim xisoblanadigan ilmiy-tadqiqot muassasasi tomonidan tasdiqlangan va qabul qiluvchi tomon bilan kelishilgan, ilmiy stajirovka taklifnomasi va dasturi;
    Nomzodning ma’lumotnoma-ob’yektivkasi (anketa);
    Oliy ta’lim muassasasini tugatganligini tasdiqlovchi diplomning nusxasi;
    Ilmiy darajasini (fan nomzodi, PhD va fan doktori, ilmiy unvonini (katta ilmiy xodim, dotsent, professor) tasdiqlovchi diplomlarning nusxasi , agar mavjud bo‘lsa;
    Mexnat daftarchasining nusxasi;
Fuqarolik pasportining nusxasi;
Nomzodning 3x4 sm o‘lchamdagi oq fondagi rangli fotosurati (4dona);

Ilmiy stajirovka o‘tashga ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining ilmiy va texnik –muhandis xodimlari nomzod sifatida tavsiya etiladi.

    YEtakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarda ( markazlar, universitetlar va boshqalar) ilmiy stajirovka o‘tashga quyidagi talablarga javob beradigan ilmiy va texnik-muxandis xodimlar yuboriladi:
-    Xorijiy tillarni o‘zining ish faoliyatini amalga oshirishda zarur bo‘lgan darajada biladigan;
-    Nomzodning yoshi 25 dan 45 gacha bo‘lishi.
-    Chyet tilidan bilim darajasini belgilovchi amaldagi milliy yoki xalqaro sertifikat (Milliy kvalifikatsiya sertifikati, IELTS, TOEFL va shu kabilar), agar mavjud bo‘lsa.

2-ilova

Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarda (markazlar, universitetlar va boshqalar), shu jumladan ilmiy laboratoriyalarni jihozlash uchun sotib olinadigan yuqori texnologik-uskunalarda ishlash metodikasini o‘zlashtirish uchun qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish
REJASI

T/r

F.I.O.

Ish joyi va lavozimi(ilmiy-tadqiqot yoki oliy ta’lim muassasasi)

Ilmiy stajirovkaning maqsad va vazifalari

Ilmiy stajirovka o‘tkaziladigan davlat, qabul qiluvchi tashkilotlar

Ilmiy stajirovkaning davomiyligi

Ilmiy stajirovka uchun talab etiladigan mablag‘(transport, yashash, ovqatlanish va boshqa xarajatlar xar biri aloxida ko‘rsatilishi zarur)

Kutilayotgan natijalar

Yosh olimlarni qisqa muddatli ilmiy stajirovkalari (6-oygacha)

10

             

11

             

12

             

Ilmiy laboratoriyalarni jixozlash uchun sotib olinadigan zamonaviy ilmiy va texnologik asbob-uskunalarda ishlashni o‘rganish bo‘yicha ilmiy stajirovkalar (3 oygacha)

13

             

14

             

15

             
 

Xalqaro hamkorlik bo‘limi

 

Foydali saytlar

Veterinariya sohasining rivojlanishiga o'z hissalarini qo'shib kelayotgan hamkorlarimiz