Xabar-E'lonlar

image description

Praktikum4people amaliyot loyihasi 2020 yilgi tanlovini boshladi!

Institut Germaniyaning Praktikum4people (Germaniyada kasbiy malaka oshirish) dasturi orqali talabalar yozgi amaliyotini Germaniyada o`tash bo`yicha hamkorlik qilishni boshladi. Shu munosabat bilan navbatdagi o`quv yili (2019-20) uchun dasturda ishtirok etish istagida bo`lgan talabalar 2019 yil Oktabr-Noyabr oylarida saralashda qatnashishi mumkin.

Saralashga institutning barcha fakultetlaridan faqat nemis va ingliz tilini biladigan 2-3 boshqich talabalari ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda qatnashish istagida bo`lgan talabalar joriy yilning Oktabr oyi yakunigacha quyidagi xujjatlarni qog`oz va electron shaklida tayyorlab institutning xalqaro hamkorlik bo`limi(133-xona)ga taqdim qilishingiz so`raladi. Kamchiligi bor xujjatlar qabul qilinmaydi.

Topshirilishi kerak bo`lgan xujjatlar ro`yxati va blankalarni olish uchun bu yerni bosing:

Qo`shimcha savollar uchun institutning xalqaro hamkorlik bo`limiga soat 15:00 dan so`ng murojat qilishingiz mumkin.

www.samvmi.uz

Foydali saytlar

Veterinariya sohasining rivojlanishiga o'z hissalarini qo'shib kelayotgan hamkorlarimiz