E'lonlar

“QIZLAR DAVRASI”: G’oliblar aniqlandi

“QIZLAR DAVRASI”: G’oliblar aniqlandi

“QIZLAR DAVRASI”: G’oliblar aniqlandi

Joriy yilning 4-mart kuni institutning madaniyat saroyida institut talaba-qizlari o’rtasida “Qizlar davrasi” ko’rik tanlovi bo’lib o’tdi.

Ko’rik tanlov qizlarning jamiyat ijtimoiy hayotining barcha sohalarida faolligini oshirish, ma’naviy barkamol millat va davlat taraqqiyoti yo’lida o’z kuchini ayamaydigan fidoiy insonlar qilib tarbiyalashda vatanparvarlik hissini uyg’otish, shuningdek, tashabbuskor, faol jamoatchi talaba-qizlarni aniqlash, ularning ilmiy izlanishlari va bilim mahoratlarini keng targ’ib qilish maqsadida o’tkazildi. 

 

Tadbirda institut rektori, professor X.B.Yunusov, Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor A.Gapparov, Xotin-qizlar masalalari bo’yicha Kengash raisi J.Sayfuddinova, fakultet dekanlari, dekan o’rinbosarlari, professor-o’qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. 

Ko’rik tanlovni ochib berish uchun institut rektori, professor X.B.Yunusov so’zga chiqdi va barcha ko’rik tanlov ishtirokchilariga omad tiladi.

 

Ko’rik tanlovda ishtirokchilar to’rtta shart bo’yicha bellashishdi.

Ko’rik tanlov davomida institut talabalari tomonidan tayyorlangan bir qator bir-biridan qiziqarli bo’lgan qo’shiq va raqslar, sahna ko’rinishlari tadbir ishtirokchilariga namoyish etildi. 

 

Ko’rik tanlov yakunlari bo’yicha “Qizlar davrasi malikasi” nominasiyasi bo’yicha Biotexnologiya, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi fakulteti talabasi Hasanova Nilufar, “Eng orasta qiz” nominasiyasi bo’yicha Iqtisodiyot va agrotexnologiya fakulteti talabasi Oltiboyeva Dilnoza, “Eng oqila qiz” nominasiyasi bo’yicha Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti talabasi Mustafoyeva Shaxnoza, “Eng nazokatli qiz” nominasiyasi bo’yicha Zooinjeneriya fakulteti talabasi Bobojonova Hulkar, “Eng mahoratli qiz” nominasiyasi bo’yicha Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti talabasi Qurbonova Mohigullar g’olib deb topildi va institut rektorining faxriy yorlig’i va estalik sovg’alar bilan taqdirlanishdi. 

SamVMI Axborot xizmati