E'lonlar

Samarqand veterinariya medisinasi instituti talabalari "Bog’bon" in vitro laboratoriyasida amaliyot darslarini o’rganishmoqda

Samarqand veterinariya medisinasi instituti talabalari "Bog’bon" in vitro laboratoriyasida amaliyot darslarini o’rganishmoqda

Samarqand veterinariya medisinasi instituti talabalari

Bugun Samarqand veterinariya medisinasi instituti Biotexnologiya, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi fakulteti professor-o’qituvchilari va III bosqich 301-302 guruh talabalari Jomboy tumanida joylashgan "Bog’bon" in vitro laboratoriyasida amaliyot darslarini o’tishdi. 
Nazariy va amaliy bilimlarni birgalikda olib borish maqsadida o’tkazilayotgan ushbu darslar talabalar uchun juda foydalidir. Biotexnologiya, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi fakulteti Biotexnologiya kafedrasi assistentlari B.Qodirov va H.Ergasheva ozuqa muhitlari haqida ma’ruza qilishdi. 

Talabalar savol-javoblar bilan ushbu darsda faol ishtirok etishdi. Ma’ruzadan so’ng o’tilgan nazariy bilimlar amaliyotga ulanib ketdi va talabalar laboratoriyada ozuqa muhitlar va ularni o’stirishni o’rganishdi. 

Laboratoriya jarayonida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va barcha savollarga javob olishdi. Laboratoriya darsidan so’ng talabalar laboratoriyada o’stirilayotgan o’simliklar va laboratoriya bilan yaqindan tanishishdi.

Endi ushbu kurs talabalari haftalik o’quv soatlari davomida ushbu laboratoriyada ko’plab amaliyot darslarini o’tishadi. 

Biotexnologiya, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi fakulteti matbuot xizmati 
Feruzabonu Mustofoqulova