E'lonlar

Yangi O’zbekiston - maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi

Yangi O’zbekiston - maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi

Yangi O’zbekiston - maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi

Бугун Самарқанд ветеринария медицинаси институтининг бир гуруҳ профессор-ўқитувчилари, жумладан, институт ректори, профессор Х.Б.Юнусов, Биотехнология, чорвачилик маҳсулотларини қайта ишлаш технологияси факултети декани A.A.Нурниёзов, Ўсимликшунослик ва ем-хашак экинларини етиштириш кафедраси мудири, профессор Н.Х.Халилов ва Ғ.Оброев Самарқанд вилояти Жонбой тумани 42-мактабга ташриф буйиришди.

Unda Samarqand Veterinariya medisinasi instituti rektori, professor X.B.Yunusov umumiy o’rta ta’lim maktabi o’qituvchi va o’quvchilari bilan uchrashib, o’quvchilar bilan bevosita suhbat olib bordi.

Samarqand veterinariya medisinasi instituti rektori, professor X.B.Yunusov o’z nutqida "Mamlakatimiz prezidenti Sh.M.Mirziyoyev aytganidek: "Yoshlarimiz o’z oldiga katta marralarni qo’yib, ularga erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama ko’mak berish - barchamiz uchun eng ustuvor vazifa bo’lishi zarur. Shundagina farzandlarimiz xalqimizning asriy orzu-umidlarini ro’yobga chiqaradigan buyuk va qudratli kuchga aylanadi.Shu maqsadda, “Yangi O’zbekiston - maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan g’oya asosida keng ko’lamli islohotlarni amalga oshiramiz"-deya keng imkoniyatlar eshigini ochib berdilar. Ushbu imkoniyatlardan foydalanib, ajdodlarimizga munosib, yangi O’zbekistonning yangicha dunyoqarashli yoshlari bo’lib yetishish uchun darslarning har bir soniyasini muqaddas bilib, o’qib-o’rganmog’ingiz lozim".

"Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash" yilida yoshlarimiz bilan ko’plab uchrashuvlar va davra suhbati olib borib, ularning kelajagi uchun barcha imkoniyatlarimizni safarbar etamiz"-deya ta’kidladi.

Tadbir so’ngida Samarqand veterinariya medisinasi instituti nomidan 42-umumiy o’rta ta’lim maktabining Axborot resurs markaziga institutning professor-o’qituvchilar tomonidan yozilgan ilmiy kitoblar va ko’plab badiiy kitoblar sovg’a qilindi.

Biotexnologiya, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi fakulteti matbuot xizmati

Feruzabonu Mustofoqulova