E'lonlar

Maktab o’quvchilari SamVMI bilan tanishdilar

Maktab o’quvchilari SamVMI bilan tanishdilar

Maktab o’quvchilari SamVMI bilan tanishdilar

Samarqand tumani Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 55 - umumta’lim maktabining bitiruvchi sinf o’quvchilari Samarqand Veterinariya medisinasi institutida mehmon bo’lishdi.

Ta’lim muassasi bilan yaqindan tanishish maqsadida institut o’quv xonalari va laboratoriyalari bo’ylab ekskursiya uyushtirildi. Bitiruvchi sinf o’quvchilari institut rahbariyati va professor-o’qituvchilari bilan  institutda qanday mutaxassislar tayyorlanishi va uning ilmiy salohiyati xususida davra suhbati qurdilar.

Shuningdek, mehmonlar uchun SamVMI oshxonasida tushlik tashkil qilindi.

Ma’lumot uchun: Ekskursiya davomida Prezidentimiz tomonidan SamVMIga sovg’a sifatida taqdim etilgan avtobusdan foydalanildi.

SamVMI Axborot xizmati