Xabar-Institut yangiliklari

image description

Samarqand veterinariya meditsinasi institutida tanishuv darslari davom etmoqda.

Koronavirus pandemiyasi tufayli doimiy turmush tarzimiz, barcha rejalarimiz oʻzgardi. Birgina oliy oʻquv yurtlariga qabul, imtihon va oʻquv jarayonlarining oʻzida koʻplab oʻzgarishlar kuzatildi. Jumladan, joriy oʻquv yilida 12-oktyabrdan barcha OTMning 1 bosqich talabalari bilan ishlash, ular uchun yangi oʻquv yilining boshlanishi boʻyicha tanishuv darslari tashkil etilishi belgilandi.

Bugun Samarqand veterinariya meditsinasi institutining

-5320500 - Biotexnologiya (Tarmoqlar bo‘yicha), 

-5410200 - Agronomiya (em-xashak ekinlari),

-5411300 - O‘simlikshunoslik (yaylov-cho‘l o‘simlikshunosligi),

-5411400 - Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi.

-5410600 - Zooinjeneriya (turlari bo‘yicha)

-5311000 - Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (qishloq xo‘jaligida), 

-5230100- Iqtisodiyot (qishloq xo‘jaligida), 

-5230900- Buxgalteriya hisobi va audit (qishloq xo‘jaligida) kunduzgi ta’lim yo’nalishlariga Jizzax, Surxandaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlaridan o‘qishga qabul qilinganlar uchun tanishuv darslari boshlandi.

Tanishuv darslari barcha karantin qoidalariga qioya etilgan holda tashkil etildi. Binolarga kirishda har bir talabaning tana harorati o'lchanib, antiseptik vositalar bilan dezinfeksiya qilindi. Paralar orasida talabalarga 10 daqiqalik tanaffus berildi. Talabalarga bir kunda ikki va undan ortiq auditoriyalarga koʻchib yurishlariga yoʻl qoʻyilmadi. Tanishuv darslarida 1-kurs talabalari institut rahbariyati, fakultetlar, fafedralar, dars beradigan oʻqituvchi va professorlar bilan tanishtirildi.Shuningdek kerakli darsliklar va adabiyotlar, masofaviy ta'lim jarayoni haqida maʼlumot berildi.

Maʼlumot oʻrnida, yurtimizda koronavirus pandemiyasi davrida taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonini tashkil etish boʻyicha Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining qarori mavjud boʻlib, tanishuv-tanishtiruv darslari kuniga 2 paradan ortiq boʻlmagan holda 3 kundan 2 haftagacha tashkil etilishi rejalashtirilgan, soʻngra masofaviy taʼlim jarayonlari boshlanishi belgilangan.

Foydali saytlar

Veterinariya sohasining rivojlanishiga o'z hissalarini qo'shib kelayotgan hamkorlarimiz