Xabar-Institut yangiliklari

image description

"17 yil deganda talabalik baxtiga erishdim"- Institutning sirtqi ta’lim yo’nalishiga o’qishga kirgan tez tibbiy yordam bo'limi haydovchisi bilan suhbat

Respublikamizning barcha oliy taʼlim muassasalarida 12 oktabrdan boshlab 1-bosqichga qabul qilingan talabalar uchun tanishtiruv darslari boshlandi. Samarqand veterinariya meditsinasi instituti ham joriy yilda qabul qilingan talabalarini oʼz bag'riga oldi.Ana shu darslar davomida biz uzoq yillar oliy o’quv yurtlariga xujjat topshirib, ushbu yilda institutning Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari sirtqi ta’lim yo’nalishiga talabalikka qabul qilingan Qosimov Azim Tojiboyevich bilan suhbat olib bordik.

-  Qosimov Azim avvalo sizni institutimizning talabasi bo’lganingiz bilan tabriklaymiz. Bizga o’zingiz haqingizda batafsil ma’lumot bersangiz.

-Men Qosimov Azim Tojiboyevich 1982 yil Samarqand viloyati,Payariq tumanida tavallud topganman. 2000 yilda tumanimizdagi 13-o’rta ta’lim maktabini, so’ngra Avtomobil yo’llar texnikumini tamomladim. Hozirda Payariq tuman tibbiyot birlashmasida tez tibbiy yordam bo'limi haydovchisi bo’lib ishlab kelmoqdaman.

-  Necha yil davomida qaysi oliygohlarga xujjat topshirgansiz? Umuman oliy ma’lumotli bo’lishga sizni nima undadi?

-        2003 yildan buyon har yili turli oliygohlarga hujjat topshirib keldim lekin talabalikka qabul qilinmaganman. Tuman tibbiyot birlashmasida haydovchi bo’lib ishlash jarayonida laboratoriyada faoliyat yuritayotgan mutaxassislarga xavas qilardim. Men ham kelajakda oliy ma’lumotli bo’lsam, shu sohada faoliyat yuritishni niyat qilib yurgandim. 17 yil deganda o’z niyatimga yetdim. Ushbu yilda Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari sirtqi ta’lim yo’nalishiga talabalikka tavsiya etildim.

-  Ko’pchilik talabalikka erishganlar asosan yoshlar. Ular o’z oldiga aniq maqsadlar qo’yishgan. Uzoq yil talaba bo’lolmay endigina talabalik baxtiga erishgan kishi sifatida kelgusidagi maqsadlaringiz qanday?

Men 38 yoshga kirdim.Lekin kelajakda o’z oldimga qo’ygan maqsadlarim ko'p. Yuqorida aytganimdek kelgusida diagnostika va laboratoriya sohasida yetuk kadr bo’lib yetishib, shu sohada faoliyat yuritmoqchiman. Insonning o’z “karyerasi” ni yaratishi yosh bilan bog’liq emas deb hisoblayman.

Shaxzod Axmedov suhbatlashdi

Foydali saytlar

Veterinariya sohasining rivojlanishiga o'z hissalarini qo'shib kelayotgan hamkorlarimiz