Xabar-Institut yangiliklari

image description

VETERINARIYA DIAGNOSTIKASI VA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI FAKULTETIDA ShO’BA YIG’ILIShI O’TKAZILDI

2020 yil 29 may kuni soat 1500 daZoom dasturi orqali “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish istiqbollari: zamonaviy amaliyot va innovasion texnologiyalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasining Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi sho’ba yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda “Veterinariya sohasini rivojlantirishda zamonaviy amaliyot va innovasion texnologiyalar hamda Respublikada oziq–ovqat xavfsizligini ta’minlash” mavzusi yuzasida muhokamalar o’tkazildi.

Tadbirni Institutimiz Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo’yicha prorektor, veterinariya fanlari doktori professor A.Daminov kirish so’zi bilan ochib berdi, konferensiya ishining kun tartibi bilan tanishtirdi va bugungi kundagi ilmiy izlanishlarimizning kelajakdagi istiqbollari to’g’risida so’z yuritdi. Sho’ba yig’ilishini Farmakologiya va toksikologiya kafedrasi mudiri, Yu.Salimov hamda Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti, Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo’yicha dekan o’rinbosari O.Achilov olib bordi.
Sho’ba yig’ilishida “Parazitologiya va veterinariya ishini tashkil etish” kafedrasi doktoranti (DSc) Sh.Qurbonovning“Qo’ylarning ichak sestodozlari, ularni diagnostika qilish va davolash-profilaktika chora-tadbirlari”mavzusi bilan boshlab berdi. 
“Parazitologiya va veterinariya ishini tashkil etish” kafedrasi assistenti D.Nishanov“Samarqand shahrida itlar orasida demodekoz kasalligining tarqalishi va diagnostikasi” mavzusida, “Veterinariya-sanitariya ekspertizasi va gigiyena” kafedrasi tayanch doktorantiO.Achilov“Qoramol go’shtini veterinariya-sanitariya ekspertizasi” mavzusida “Farmakologiya va toksikologiya” kafedrasi tayanch doktoranti I.Salimova “Esfenvalerat preparatini hayvonlar reproduktiv faoliyatiga toksik ta’siri”mavzusidagivaboshqa tadqiqotchilarningma’ruzalari tinglandi. Onlaynilmiy konferensiya yig’ilishso’nggidasavol-javoblar, muhokamalarvaishlabchiqarishgadoirtavsiyalarberildi.

Tashkiliy qo’mita

 

Foydali saytlar

Veterinariya sohasining rivojlanishiga o'z hissalarini qo'shib kelayotgan hamkorlarimiz