Yangiliklar

E’LON!!!

E’LON!!!

Samarqand veterinariya meditsinasi institutida Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusi doirasida hamda karantin davrida talabalarning masofaviy ta`limdan bo’sh vaqtini samarali tashkil etish maqsadida o’tkazilayotgan “UYDA QOLING – TASHABBUS QILING” onlayn tanlovining ikkinchi turi yangicha formatda va yangicha shartlar asosida o’tkazilishini ma’lum qilamiz. Ushbu chellengega bo’lgan qiziqishni yanada orttirish maqsadida:
 -Endilikda chellenge g’oliblari 5 ta tashabbusning har bir yo’nalishi bo’yicha alohida saralanadi va taqdirlanadi;
 -Ushbu chellengega yuborilayotgan har bir ijod namunalari videoyozuv va audioyozuv ko’rinishida yuborilishi lozim. 
-  Masalan: rassomchilik yo’nalishida ishtirok etmoqchi bo’lgan ishtirokchi tayyor chizilgan rasmni emas, balki rasm chizish jarayonini jonli tarzda videoga olib yuboradi. 
-  Kitobxonlik yo’nalishida yuborilgan namunalarda talabalar ma’lum she’rni ifodali o’qib, uni audioyozuv yoki video yozuv ko’rinishida yuborishlari lozim. 
-  Pazandachilik, chevarlik, sport va boshqa yo’nalishlar ham xuddi shunday jarayon videoga olinib yuborilishi lozim. 

Bunda videoyozuvlar 3 daqiqadan oshmasligiga e’tibor berishlaringizni so’rab qolamiz.

 Tanlovimizning ikkinchi bosqichi 24-apreldan boshlanadi.