Yangiliklar

E’lon

E’lon

Hurmatli talabalar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida bizda yana bir yangi loyiha 5 ta muhim tashabbus ijrosi yuzasidan institut Yoshlar va talabalar bilan ishlash bo'limi va boshlang'ich tashkiloti hamkorlikda "Ma'rifatga oshno bo'l" shiori ostida #kitob_challenge tashkil etilmoqda.

Karantin vaqtida uyda zerikayabsizmi?

Vaqtni mazmunli o‘tkazish uchun qiziqarli kitob mutolaa qilayabsizmi?

Endi sizda ayni kunlarda o‘qiyotgan kitobingizni barcha bilan baham ko‘rish imkoniyati bor.

Siz ayni vaqtda o‘qiyotgan kitobingiz bilan rasmga tushing, video xabar tayyorlang hamda bizga yuboring.

Sizning yuborgan rasmingiz va video xabaringiz SamVMI boshlang'ich tashkilotining telegramdagi

(@samvmi_bt_info) rasmiy kanalida #Men_shu_kitobni_ŏqiyabman_sizchi? #Ushbu_kitobni_sizga_ham_tavsiya_etaman  #xeshtegi ostida yoritib boriladi

Shuningdek, eng yaxshi rasmlar va video xabarlar #likelar orqali yig'ilgan ovozlar bilan aniqlanadi.

Ushbu #kitob_challenge da nafaqat talabalar, balki,

- professor-o‘qituvchilar,  xodimlar, magistrlar, boshqa oliy ta'lim muassasalari talabalari, abituriyentlar va aynan Siz ishtirok etishingiz mumkin

P/s: Sizdan talab etiladi:

Kitob bilan sifatli fotosurat, video xabar (o‘zingiz hamda kitob yuzi aniq ko‘rinishi, kitob haqida qisqacha aniq ma'lumot bo'lishi lozim),

ism sharifingiz, guruhingiz (kafedra, kasbingiz, lavozimingiz va x.k) ni quyidagi telegram manzillariga yuboring;

@Norjigitov_Raximjon

@Toshbekov_Islomjon

@Kamoliddin_1997

@bibo_lady

Loyihada faol ishtirok etgan va g'olib hamda sovrindor bo'lganlar institut Yoshlar va talabalar bilan ishlash bo'limi va boshlang'ich tashkiloti tomonidan korantin yakuniga yetgach faxriy yorliqlar, darajali diplomlar va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.